Fargʻona viloyati Quva tumani aholisining bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (437-son)
11.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududdagi mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan toʻliq va samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish asosida Fargʻona viloyati Quva tumani aholisining bandligini taʼminlash, aholi hayoti darajasi va sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga va ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish orqali Fargʻona viloyatining Quva tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks oʻrganib chiqilgani;
Fargʻona viloyatining Quva tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal etilishi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgani va tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-yilda Fargʻona viloyatining Quva tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fargʻona viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli roʻyxat parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin va bu borada investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlariga erishish va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga Fargʻona viloyati hokimligi va xizmat koʻrsatuvchi banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga, zaruratga koʻra, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Quva tumani sektorlari va mahallalari boʻyicha 2018-2019-yillarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini, band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni bir oy muddatda tasdiqlasin.
6. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Fargʻona viloyati Quva tumanidagi Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining jami hududi 5,05 gektar boʻlgan “Isfayram-Shohimardon” irrigatsiya tizimi boshqarmasining binolari va inshootlari negizida kichik sanoat zonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Belgilansinki:
kichik sanoat zonasi hududidagi koʻchmas davlat mulki, keyinchalik biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlari yaratish va saqlab qolish, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi sharti bilan, mulkchilik huquqi berilgan holda tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 10 yilga ijaraga beriladi;
kichik sanoat zonasi hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Fargʻona viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
8. Fargʻona viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda kichik sanoat zonasi direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
9. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi zamonaviy ishlab chiqarishlar va yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Fargʻona viloyatining Quva tumanidagi foydalanilmayotgan yer uchastkalarini keyinchalik tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga berish uchun uch oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va belgilangan tartibda ajratsin.
10. Fargʻona viloyati hokimligi, tegishli sektorlar rahbarlari Fargʻona viloyatining Quva tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks oʻrganish yakunlari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalarining” soʻzsiz bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyun,
437-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 437-son qaroriga ILOVA
2018-yilda Fargʻona viloyatining Quva tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyihaning nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati Loyihaning umumiy qiymati, mln. soʻm Shu jumladan: Xizmat koʻrsatuvchi bank Ishga tushirish muddati Yangi ish oʻrinlari oʻlchov birligi natura qiymatida mln. soʻm oʻz mablagʻi bank krediti Jami — 71 ta loyiha 56 590 42 670 12 910 29 760 439 1. Sanoat sohasi (jami — 20 ta loyiha) 49 410 21 020 6 450 14 570 258 2. Xizmat koʻrsatish sohasi (jami — 22 ta loyiha) 2 636 8 705 2 870 5 835 78 3. Qishloq xoʻjaligi sohasi (jami — 29 ta loyiha) 4 544 12 945 3 590 9 355 103 I. SANOAT LOYIHALARI 1. “Shaxnozabonu fashion style” oilaviy korxonasi Paypoq ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 25 237,5 110 60 50 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 4 2. “Burxan Yukselish Textile” oilaviy korxonasi Paypoq ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 30 280 350 65 285 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 6 3. “Ideal Biznes Stil” MChJ Paypoq ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 27 245 200 100 100 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 3 4. “Tikuvchi Shukurovlar” oilaviy korxonasi Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 28 420 200 200 “Turon bank” ATB 01.08.2018 4 5. “Kubbo milk krem” MChJ Sut mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 250 625 135 35 100 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.10.2018 3 6. “Kubbo Ideal Safiya” MChJ Un ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 220 550 1 000 800 200 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 10 7. “MUSLIM SNER UNVERSAL” MChJ Kir yuvish kukuni ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 220 225 170 70 100 01.09.2018 2 8. “Rondo stroy les” MChJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish ming.kv.m. 135,0 350 250 50 200 “Xamkor bank” ATB 01.10.2018 6 9. “Fargʻona Koʻmir Etkazuvchi” XK Koʻmir briketi ishlab chiqarishni kengaytirish tonna 850 850 775 775 “Oʻzsanoatqurilish bank” ATB 01.12.2018 15 10. “Xolis Namkorlar” MChJ Qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 110,0 275 130 130 “Xamkor bank” ATB 01.08.2018 4 11. “Isro” fermer xoʻjaligi Gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 185,0 185 160 100 60 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 8 12. “Sultonobod” oilaviy korxonasi Gʻisht (shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 95,0 237,5 150 50 100 “Xalq banki” ATB 01.08.2018 3 13. “Zikirillo Ziloldin” MChJ Gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 250 285 350 100 250 “Oʻzmilliybank” 01.09.2018 12 14. “Quva Sharob Biznes” oilaviy korxonasi Qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 85 165 110 50 60 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 2 15. “Zafar Baraka Burservis” oilaviy korxonasi Gʻisht ishlab chiqarishni kengaytirish ming dona 150 125 105 40 65 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 2 16. “Perpetual Motion” MChJ 1-bosqichda sement ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 100 40 000 14 325 2 175 12 150 “Ipoteka bank” ATB 30.12.2018 150 17. “Mallaxoʻja Akbarov” fermer xoʻjaligi Gʻisht (shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish ming dona 90 330 250 100 150 “Agrobank” ATB 30.12.2018 5 18. “Qurilish materiallari ishlab chiqarish” fermer xoʻjaligi Gʻisht (shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish ming.kv.m. 25 3125 1 000 1 000 “Turon bank” ATB 30.12.2018 7 19. “Kubbo Zamin Fayzi” MChJ Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish komp. 250 625 750 250 500 “Oʻzmilliybank” 01.09.2018 8 20. “Barakali shinam mebellari” xususiy korxonasi Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish komp. 20 275 500 300 200 “Xalq banki” ATB 30.12.2018 4 Sanoat sohasi — 20 ta loyiha 49 410 21 020 6 450 14 570 258 II. XIZMAT KOʻRSATISh LOYIHALARI 1. “Kodirov Isomidin” xususiy korxona Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 16,4 50 20 30 “Xalq banki” ATB 01.08.2018 2 2. “Asfandiyorxon Savdo Nur” MChJ Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 30 90 40 50 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 2 3. “Ismoilxujayev Sodirxon Shukrulloxon oʻgʻli” XK Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 32 100 30 70 “Xalq banki” ATB 01.08.2018 3 4. “Sobirjon” MChJ Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 23 50 20 30 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 2 5. “Ixlos Quva Farm” MChJ Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 16,5 50 20 30 “Xalq banki” ATB 01.08.2018 3 6. “Raxmonov Axror” xususiy korxona Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 26 80 30 50 “Xalq banki” ATB 01.08.2018 3 7. “Asr Saodati” MChJ Umumiy ovqatlanish faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 132 400 100 300 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 4 8. “Shuxratjon trans” MChJ Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 36 110 70 40 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 2 9. “Shokirov Muzaffar” xususiy korxonasi Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 50 150 50 100 “Agrobank” ATB 01.08.2018 3 10. “Atajonov Sherzod” xususiy korxonasi Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 35,0 100 50 50 “Agrobank” ATB 01.08.2018 3 11. “Raximova Dilfuza” xususiy korxonasi Xizmat va savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 23 70 20 50 “Xalq banki” ATB 01.09.2018 2 12. “Kubbo Ideal Abundant” MChJ Umumiy ovqatlanish faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 265 800 350 450 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 4 13. “Moʻminov Odilxon” xususiy korxonasi Savdo faoliyatini kengaytirish mln. soʻm 95 300 100 200 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 3 14. “Shohjahon Ismoiljon Dilyorbek” MChJ Aholiga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln. soʻm 580 1 800 200 1 600 “Kapital bank” ATB 01.08.2018 4 15. “Far Shamshodbek fayz” MChJ Aholiga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish mln. soʻm 732 2 250 750 1 500 “Oʻzmilliybank” 01.09.2018 3 16. “Nurmaitov Asadilo” fermer xoʻjaligi Transport xizmatini tashkil etish mln. soʻm 40 125 25 100 “Agrobank” ATB 01.08.2018 2 17. “Mamadaliyev Maxmutali xoji” fermer xoʻjaligi Transport xizmatini tashkil etish mln. soʻm 85 270 20 250 “Agrobank” ATB 01.08.2018 2 18. “Alimov Nematillo” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish mln. soʻm 40 125 25 100 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 5 19. “Mirzayev Baxtiyor” oilaviy korxonasi Toʻyxona va umumiy ovqatlanishni tashkil etish mln. soʻm 85 900 500 400 “Qishloq qurilish bank” ATB 30.12.2018 15 20 Mamajonova Shoxista xususiy korxonasi Sport zalini tashkil etish mln. soʻm 30 85 50 35 “Oʻzmilliybank” 01.11.2018 3 21. “Quva tumani Dehqon bozori” AJ Savdo kompleksini rekonstruksiya qilish mln. soʻm 132 400 200 200 “Qishloq qurilish bank” ATB 30.12.2018 3 22. “Quva Rasta savdo kompleksi” AJ Zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish mln. soʻm 132 400 200 200 “Qishloq qurilish bank” ATB 30.12.2018 5 Xizmatlar sohasi jami — 22 ta loyiha 2 636 8 705 2 870 5 835 78 III. QIShLOQ XOʻJALIGI LOYIHALARI 1. “Sayidolim bogʻbon” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 30 144 500 100 400 “Xalq banki” ATB 01.10.2018 2 2. “Saloxiddin imkoni” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 100 500 1 670 50 1 620 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 8 3. “Safarali Teshaboyev” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 65 320 1 300 100 1 200 “Xalq banki” ATB 01.09.2018 9 4. “Qayqubod Nasl chorva” MChJ Chorvachilikni tashkil etish ming bosh 700 1680 2 300 500 1 800 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 2 5. “Jabborova Zulfiya” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 7 35 130 30 100 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 2 6. “Moddiy Texnika Taʼminot” MChJ Chorvachilikni tashkil etish bosh 12 60 260 50 210 “Oʻzmilliybank” 01.12.2018 2 7. “Mamlakat Bobomurod” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 8 37,5 100 20 80 “Agrobank” ATB 01.08.2018 3 8. “Odil Mardona Tursin” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 10 50 175 25 150 “Agrobank” ATB 01.10.2018 3 9. “Ipak Tumori” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 15 75 320 60 260 “Agrobank” ATB 01.12.2018 5 10. “Oltin diyor oq oltin” MChJ Chorvachilikni tashkil etish bosh 10 50 200 50 150 “Agrobank” ATB 01.12.2018 5 11. “Bozorova Muhabbat” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 8 37,5 150 30 120 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 2 12. “Chorvachilik Omad Baraka” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 5 25 50 20 30 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 3 13. “Sotvoldiyeva Gulnoraxon” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 5 25 60 10 50 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 3 14. “Davlatyor Saboxon Fayzi” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 5 25 50 10 40 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 3 15. “Ashurov Muminjon” fermer xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 15 80 2 750 750 2000 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 1 16. “Sulaymonova Xidoyatxon” dehqon xoʻjaligi Chorvachilikni tashkil etish bosh 5 25 50 10 40 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 3 17. “Tinchlik” xususiy firmasi Bogʻdorchilik mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgichli omborxonalar tashkil etish tonna 200 65 500 500 30.12.2018 5 18. “Isro” dehqon xoʻjaligi Bogʻdorchilik mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgichli omborxonalar tashkil etish tonna 200 65 200 115 85 “Oʻzmilliybank” 01.08.2018 5 19. “Toshxon” xususiy korxonasi Bogʻdorchilik mahsulotlarini saqlash uchun muzlatkichli omborxonalar tashkil etish tonna 50 15 350 350 01.10.2018 2 20. “Gʻulomov Faxridin” xususiy firmasi Bogʻdorchilik mahsulotlarini saqlash uchun muzlatkichli omborxonalar tashkil etish tonna 200 65 500 300 200 “Oʻzmilliybank” 01.09.2018 3 21. “Isro” dehqon xoʻjaligi Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 2 220 200 160 40 “Oʻzmilliybank” 01.09.2018 3 22. “Nazarov Sharobidin” dehqon xoʻjaligi Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 1,5 165 70 10 60 “Qishloq qurilish bank” ATB 01.08.2018 2 23. “Maxammadsoli Meliboyev” fermer xoʻjaligi Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 5 550 250 50 200 “Agrobank” ATB 01.08.2018 4 24. “Xumoyunbek” dehqon xoʻjaligi Issiqxona tashkil etish gektar 0,05 25 125 125 01.08.2018 2 25. “Fargʻona Vodiy choʻli” fermer xoʻjaligi Issiqxona tashkil etish gektar 0,3 150 220 50 170 “Agrobank” ATB 01.08.2018 8 26. “Xafizaxon Alimova” fermer xoʻjaligi Issiqxona tashkil etish gektar 0,1 10 90 20 70 “Agrobank” ATB 01.08.2018 2 27. “Sarvinoz Murodilovna” fermer xoʻjaligi Issiqxona tashkil etish gektar 0,1 10 100 20 80 “Agrobank” ATB 01.09.2018 2 28. “Goʻzal ishonch mebel” MChJ Issiqxona tashkil etish gektar 0,1 5 150 50 100 “Xalq banki” ATB 01.12.2018 4 29. “Qosimxon Moʻydinov” fermer xoʻjaligi Asalarichilik fermer xoʻjaligini tashkil etish oila soni 190 30 125 25 100 “Agrobank” ATB 01.09.2018 5 Qishloq xoʻjaligi sohasi — 29 ta loyiha 4 544 12 945 3 590 9 355 103
