Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1238-2-son)
12.10.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-oktabrda 1238-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va 2004-yil 30-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 621–II-conli Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2003-yil 7-martdagi 43-son va 2003-37-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1238 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 7-8-son) ilovaga* binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-sentabr,
109-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-sentabr,
2004-59-son
