Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (453-son)
16.11.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kichik va oʻrta biznesni ragʻbatlantirish hamda maʼlumotlar uzatish va shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga ilovada:
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
izohdagi “karralangan” soʻzidan keyin “(maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishdan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining oltinchi xatboshi hamda qarorga 8-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-noyabr,
453-son
