Tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-3521-son)
07.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, bu ishga boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻli, eng malakali va faol xotin-qizlarni jalb etish maqsadida:
1. Belgilansinki, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari yoshga oid pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda respublikaning boshqa tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va S.T. Inomova zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-dekabr,
PF-3521-son
