“Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2451-1-son)
29.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2451-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 12-martdagi 26, 25 va 2013-12-son “Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2451, 2013-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 214-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
81-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
2018-38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 81,12 va 2018-38-son qaroriga ILOVA
“Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda)”degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandiga muvofiq maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” AJning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “MXK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “transport vositalari uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 5, 6 va 9-bandlardagi “MXK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2018-yil 19-aprel
