Sanoatda ulgurji narxlar va tariflarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (20-son)
21.01.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashganligi, chakana narxlar isloh qilinishi sababli aholiga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari oshganligi munosabati bilan va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining normal xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 1-yanvardan boshlab koʻmir, neft, gaz qazib chiqaruvchi, gazni qayta ishlovchi sanoat, energetika tarmoqlari mahsulotlarining, yuk tashishlar, paxta ip va shtapel ip ulgurji narxlari va tariflarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Davlat narxlar qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda mahsulotlarning tegishli guruhlariga yangi ulgurji narxlar va tariflar preyskurantlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularning 1992-yil 1-yanvardan boshlab amal qilishini joriy etsin. 1992-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilish yangi narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshirilishini nazarda tutib, bu preyskurantlarning chiqarilishini hamda manfaatdor korxonalar va tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasiga respublikaga boshqa mintaqalardan mahsulotlarni rentabelli ishlab chiqarishni taʼminlamaydigan narxlar boʻyicha xomashyo va moddiy-texnika resurslari yetkazib berilgan taqdirda tasdiqlangan narxlarga vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning taʼlimi boʻyicha oʻzgartishlar kiritish yuklatilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar realizatsiya qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga yangi ulgurji narxlar va tariflarni 1992-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish yuzasidan tezlik bilan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
5. Korxonalar, tashkilotlar, konsernlarga belgilab qoʻyilgan ulgurji narxlar va tariflar belgilangan mahsulotlar va xizmatlarni respublika tashqarisida Tomonlarning kelishuvi boʻyicha realizatsiya qilishga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha xomashyo resurslarining respublikada qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan muhim turlari (rangli va nodir metallar, gaz, nitron, kaprolaktam va boshqalar) respublika tashqarisiga faqat jahon narxlariga tatbiqan shartnoma narxlarida realizatsiya qilinishi kerak (2-ilova).
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ILOVA
ULGURJI NARXLAR VA TARIFLAR OʻZGARIShINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-maydagi 221-sonli qaroriga asosan avtomobil transporti bilan yuk tashishlar uchun tariflarning chegaraviy miqdorlari bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 2-ILOVA
RESPUBLIKA TAShQARISIGA JAHON NARXLARIGA TATBIQAN ShARTNOMAVIY NARXLAR BOʻYIChA SOTILADIGAN XOM AShYoNING MUHIM TURLARI
ROʻYXATI
Nodir metallar
Mis
Rux
Metall kadmiy
Molibdenli sanoat mahsuloti
Koʻmir
Gaz
Qora metallar prokati
Ikkilamchi alyuminiy
Qora metallar parchalari va chiqindilari
Yarqiroq rangdor toshlar
Granit va marmar bloklar
Konsentratsiyalangan qoʻrgʻoshin
Qoʻrgʻoshinli keklar
Mis toshqoli
Mis kuporosi
Sulfat kislota
Kaprolaktam
Nitron
