Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3730-son)
18.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda.
Xususan, qisqa muddatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish, umumiy quvvati yiliga million tonnadan ortiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar aholining sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan qamrab olish koʻlamining oʻn baravardan ziyod ortishiga imkon berdi.
Shu bilan birga, ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholi punktlarining sanitariya holatini lozim darajada shakllantirishga ayrim tizimli muammolar toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, tegishli infratuzilmani qoniqarsiz holatga va aholi punktlari xizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishining taʼminlanmasligiga olib keluvchi maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat-xususiy sheriklik yetarli darajada joriy etilmagan;
ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslikka olib kelayotgan ikkilamchi moddiy resurslardan foydalanish holati, shuningdek, maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi;
uchinchidan, aholi yashash punktlarining ifloslanishiga sabab boʻlayotgan polimer plyonkali materiallardan haddan tashqari koʻp foydalanilgan va ular tarqalgan, shuningdek, muqobil biologik chiriydigan materiallardan foydalanish tizimi mavjud emas;
toʻrtinchidan, sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar, jumladan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortilmaslik hissining paydo boʻlishiga olib kelayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga chora koʻrish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samarasiz;
beshinchidan, sohada mamlakatning haqiqiy sanitariya-ekologik holatini baholash imkonini beruvchi zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavjud emas.
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan taʼminlanganligi darajasini oshirish, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) tadbirkorlik subyektlarining chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirishni nazarda tutish vazifasi yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat ekologiya qoʻmitasining mazkur sohaga investitsiya kiritish uchun qulay sharoit yaratish orqali maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga tadbirkorlik subyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
5. 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqariladigan, tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan, xoʻjalikda foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik chiriydigan polimer materiallardan tayyorlangan paketlar bundan mustasno);
polimer plyonkadan tayyorlangan tutqichli (kesiksimon, halqali) paketlarni (TIF TN boʻyicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 900 0 kodli) “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu polimer plyonkalarni jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar va shaxsiy buyumlarini tashish va qadoqlashda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek, gumanitar yordam sifatida, reklama va sinov oʻtkazish uchun olib kelinadigan hollar bundan mustasno.
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi mazkur bandda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy tajriba va jamoatchilikning har tomonlama muhokamasini hisobga olgan holda, 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda foydalanish xususiyatini yoʻqotgandan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslangan takliflar kiritsin.
7. 2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar sotib oladigan, mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi maxsus avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻimlardan;
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar boʻshayotgan mablagʻlarni ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda yer soligʻidan;
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tovarlarni qadoqlash va joylash-oʻrash uchun biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kirilgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari);
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kirilgan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Markaziy bankining:
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlarni (keyingi oʻrinlarda — ajratilgan kreditlar) milliy valyutaga almashtirib, ularning foiz stavkasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilab, restrukturizatsiya qilish;
kreditlarni qaytarish jadvallariga tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda, ularning soʻnggi toʻlov muddatlarini restrukturizatsiya qilingan sanadan boshlab 7 yil etib belgilash;
berilgan kreditlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktivlar sifatini tasniflash toʻgʻrisidagi talablarini qoʻllamaslik, ularni qayta koʻrilgan kreditlar hisob varaqlariga oʻtkazmaslik va ular boʻyicha zaxiralar tashkil qilmaslik toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
9. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda “Toza hudud” DUKlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan maxsus texnika va uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlashning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash boʻyicha manzilli dastur 2-ilovaga muvofiq;
2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan “Toza hudud” DUKlarning faoliyat koʻrsatayotgan amaldagi poligonlarini jihozlash boʻyicha manzilli dastur 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan prognoz parametrlari va manzilli dasturlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi:
a) Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda:
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda:
hududlarni ifloslantirganlik uchun shaxslarni javobgarlikka tortishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqishni, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni;
jamoat joylarida chiqindilarni toʻplash uchun konteynerlar (chiqindi qutilari)ni oʻrnatishga, jumladan ularning namunaviy shakllariga, shuningdek, tashkilotlarning oʻzlariga tegishli boʻlgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarga mazkur konteynerlar (chiqindi qutilari)ni oʻrnatish boʻyicha talablarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
aholiga atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus veb-portalni yaratish hamda har bir xabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimi joriy qilinishini;
Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida mazkur sohada davlat-xususiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida mamlakat hududlari kesimida aholi yashash punktlari, yashovchi aholi va mavjud konteynerlar sonini koʻrsatgan holda barcha chiqindi toʻplash shoxobchalari joylashishining elektron xaritasini koʻrsatuvchi sahifa ochilishini taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlari maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga tegishli boʻlgan maxsus avtotransport vositalarini ularning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan (qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqalar) ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-may,
PQ-3730-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda “Toza hudud” hududiy DUKlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan maxsus texnika bilan qoʻshimcha jihozlashning
PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Hudud, shahar va tuman nomi 2019-yilda maxsus texnika xarid qilish 2020-yilda maxsus texnika xarid qilish 2021-yilda maxsus texnika xarid qilish Chiqindi tashuvchi “ISUZU” NPR82L -7m3 (metan gaz) (dona) Chiqindi tashuvchi “ISUZU” NPR82L -7m3 (metan gaz) (dona) Buldozer (dona) Chiqindi tashuvchi “ISUZU” NPR82L -7m3 (metan gaz) (dona) Buldozer (dona) Avtoyukortuvchi (dona) Respublika boʻyicha jami 245 170 27 175 56 59 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 21 23 13 shu jumadan: 1. Amudaryo tumani 5 2 1 2. Beruniy tumani 3 3 1 3. Qonlikoʻl tumani 1 2 1 4. Qoraoʻzak tumani 1 5. Qoʻngʻirot tumani 1 2 1 6. Moʻynoq tumani 1 7. Nukus tumani 1 8. Taxtakoʻpir tumani 1 9. Toʻrtkoʻl tumani 3 4 1 10. Taxiatosh tumani 1 1 1 11. Xoʻjayli tumani 2 2 1 12. Chimboy tumani 2 3 13. Shumanay tumani 1 2 1 14. Ellikqalʼa tumani 2 2 1 Andijon viloyati 36 18 5 20 6 8 shu jumladan: 1. Oltinkoʻl tumani 3 2 1 1 1 2. Andijon tumani 6 3 1 2 3. Asaka tumani 3 1 1 2 1 4. Baliqchi tumani 3 3 1 2 1 5. Buloqboshi tumani 2 1 1 6. Boʻz tumani 1 1 7. Jalaquduq tumani 3 1 1 1 8. Izboskan tumani 3 1 1 1 9. Qoʻrgʻontepa tumani 2 1 1 2 10. Marhamat tumani 2 1 2 1 1 11. Paxtaobod tumani 2 1 2 1 1 12. Ulugʻnor tumani 1 13. Shahrixon tumani 5 2 3 1 14. Xoʻjaobod tumani 2 1 2 Buxoro viloyati 10 6 3 9 5 2 shu jumladan: 1. Olot tumani 1 1 1 2. Buxoro tumani 1 1 3. Vobkent tumani 1 1 1 4. Gʻijduvon tumani 2 1 1 1 5. Jondor tumani 1 2 2 6. Kogon tumani 1 1 1 7. Qorakoʻl tumani 1 1 1 8. Qorovulbozor tumani 1 9. Peshku tumani 1 1 1 1 10. Romitan tumani 1 1 1 11. Shofirkon tumani 1 1 1 Jizzax viloyati 11 6 12 5 5 shu jumladan: 1. Arnasoy tumani 1 2. Baxmal tumani 2 1 3 1 3. Gʻallaorol tumani 2 1 3 1 4. Sharof Rashidov tumani 2 2 3 1 5. Zomin tumani 3 1 3 1 6. Zarbdor tumani 1 7. Zafarobod tumani 1 8. Mirzachoʻl tumani 9. Paxtakor tumani 1 10. Forish tumani 2 1 1 1 11. Yangiobod tumani Qashqadaryo viloyati 24 15 26 shu jumladan: 1. Gʻuzor tumani 2 1 2 2. Dehqonobod tumani 1 1 1 3. Qamashi tumani 3 2 4 4. Qarshi tumani 2 2 4 5. Koson tumani 2 2 1 6. Kasbi tumani 2 1 2 7. Kitob tumani 2 1 2 8. Mirishkor tumani 2 1 2 9. Nishon tumani 2 1 2 10. Chiroqchi tumani 2 1 2 11. Shahrisabz tumani 2 1 2 12. Yakkabogʻ tumani 2 1 2 Navoiy viloyati 10 6 8 4 3 shu jumladan: 1. Zarafshon shahri 2 1 2 1 2. Karmana tumani 1 1 1 3. Qiziltepa tumani 2 1 3 1 4. Navbahor tumani 1 1 1 5. Nurota tumani 1 1 1 1 6. Uchquduq tumani 1 1 7. Xatirchi tumani 3 1 2 Namangan viloyati 24 12 3 12 4 3 shu jumladan: 1. Kosonsoy tumani 4 2 2 2. Mingbuloq tumani 2 1 1 3. Namangan tumani 2 1 1 1 4. Norin tumani 2 1 1 5. Pop tumani 2 1 1 1 1 6. Toʻraqoʻrgʻon tumani 2 1 1 1 7. Uychi tumani 2 1 1 1 8. Uchqoʻrgʻon tumani 2 1 1 1 1 9. Chortoq tumani 2 1 1 1 1 10. Chust tumani 2 1 1 11. Yangiqoʻrgʻon tumani 2 1 1 1 Samarqand viloyati 16 22 5 22 7 shu jumladan: 1. Kattaqoʻrgʻon shahri 1 1 2 1 2. Oqdaryo tumani 1 2 1 1 3. Bulungʻur tumani 1 2 1 1 4. Jomboy tumani 1 2 1 5. Ishtixon tumani 2 1 1 1 6. Kattaqoʻrgʻon tumani 2 1 1 1 7. Qoʻshrabot tumani 1 2 1 1 8. Narpay tumani 1 2 1 1 9. Nurobod tumani 1 2 1 10. Payariq tumani 1 2 1 1 11. Pastdargʻom tumani 1 2 1 1 12. Paxtachi tumani 1 1 1 2 13. Toyloq tumani 1 1 2 1 14. Urgut tumani 1 1 1 6 Surxondaryo viloyati 24 12 16 5 1 shu jumladan: 1. Oltinsoy tumani 3 1 4 1 1 2. Boysun tumani 2 1 1 1 3. Denov tumani 3 2 3 4. Jarqoʻrgʻon tumani 2 1 1 5. Qiziriq tumani 2 1 1 1 6. Qumqoʻrgʻon tumani 2 1 1 7. Muzrabot tumani 2 1 1 1 8. Sariosiyo tumani 2 1 1 1 9. Uzun tumani 2 1 1 10. Sherobod tumani 2 1 1 11. Shoʻrchi tumani 2 1 1 Sirdaryo viloyati 11 3 4 4 4 shu jumladan: 1. Yangiyer shahri 1 1 2. Shirin shahri 1 1 3. Oqoltin tumani 1 1 1 4. Boyovut tumani 2 1 5. Guliston tumani 1 6. Mirzaobod tumani 1 1 7. Sayxunobod tumani 1 8. Sardoba tumani 2 1 1 9. Sirdaryo tumani 2 1 1 10. Xovos tumani 1 1 1 1 Toshkent viloyati 20 18 4 18 5 4 shu jumladan: 1. Olmaliq shahri 1 1 2. Bekobod shahri 1 3. Oqqoʻrgʻon tumani 1 1 1 4. Bekobod tumani 1 1 1 2 1 5. Boʻstonliq tumani 2 2 2 6. Boʻka tumani 2 1 1 1 7. Zangiota tumani 2 2 3 1 1 8. Qibray tumani 2 1 1 1 1 9. Quyichirchiq tumani 1 2 10. Parkent tumani 2 1 1 1 11. Piskent tumani 1 12. Toshkent tumani 2 3 2 13. Oʻrtachirchiq tumani 1 2 1 14. Chinoz tumani 1 2 1 1 15. Yuqorichirchiq tumani 1 1 1 16. Yangiyoʻl tumani 1 1 1 Fargʻona viloyati 28 30 4 20 5 13 shu jumladan: 1. Quvasoy shahri 1 1 2. Qoʻqon shahri 3 5 2 1 3. Oltiariq tumani 3 2 1 4. Bagʻdod tumani 1 2 3 5. Beshariq tumani 3 2 1 1 1 6. Buvayda tumani 1 2 1 2 1 7. Dangʻara tumani 1 1 1 1 1 8. Qoʻshtepa tumani 1 2 1 1 1 9. Quva tumani 2 2 2 1 10. Rishton tumani 2 2 2 1 11. Soʻx tumani 1 1 1 12. Toshloq tumani 2 2 1 1 1 13. Oʻzbekiston tumani 2 2 1 1 14. Uchkoʻprik tumani 2 2 1 2 1 15. Fargʻona tumani 2 2 1 16. Furqat tumani 1 1 17. Yozyovon tumani 1 1 1 1 Xorazm viloyati 10 2 8 6 3 shu jumladan: 1. Bogʻot tumani 2 1 1 2. Gurlan tumani 1 1 3. Urganch tumani 1 1 1 4. Hazorasp tumani 1 1 1 5. Xonqa tumani 2 2 1 6. Xiva tumani 1 1 1 7. Shovot tumani 1 1 1 1 8. Yangiariq tumani 1 1 1 1 9. Yangibozor tumani 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan chiqindi toʻplash shahobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash boʻyicha manzilli dastur
(mln soʻm) T/r Hudud, shahar va tuman nomi Jami 2019-yilda Yangi CHTSHlar qurilishi Yangi CHTSHlar uchun konteynerlar xarid qilish Mavjud CHTSHlar uchun konteynerlar xarid qilish Miqdori (dona) summa* Miqdori (dona) summa** Miqdori (dona) summa** Respublika boʻyicha jami 34 052,2 644,0 28 980,0 2 576,0 3 606,4 1 047,0 1 465,8 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 238,2 95,0 4 275,0 380,0 532,0 308,0 431,2 shu jumladan: 1. Amudaryo tumani 22,4 16,0 22,4 2. Beruniy tumani 896,6 17,0 765,0 68,0 95,2 26,0 36,4 3. Qonlikoʻl tumani 163,0 3,0 135,0 12,0 16,8 8,0 11,2 4. Qoraoʻzak tumani 312,0 6,0 270,0 24,0 33,6 6,0 8,4 5. Kegeyli tumani 216,4 4,0 180,0 16,0 22,4 10,0 14,0 6. Qoʻngʻirot tumani 604,0 10,0 450,0 40,0 56,0 70,0 98,0 7. Moʻynoq tumani 213,6 4,0 180,0 16,0 22,4 8,0 11,2 8. Nukus tumani 326,0 6,0 270,0 24,0 33,6 16,0 22,4 9. Taxtakoʻpir tumani 618,4 12,0 540,0 48,0 67,2 8,0 11,2 10. Toʻrtkoʻltumani 846,0 16,0 720,0 64,0 89,6 26,0 36,4 11. Xoʻjayli tumani 314,4 4,0 180,0 16,0 22,4 80,0 112,0 12. Chimboy tumani 115,2 2,0 90,0 8,0 11,2 10,0 14,0 13. Shumanay tumani 264,2 5,0 225,0 20,0 28,0 8,0 11,2 14. Ellikqalʼa tumani 326,0 6,0 270,0 24,0 33,6 16,0 22,4 Andijon viloyati 1 424,8 26,0 1 170,0 104,0 145,6 78,0 109,2 shu jumladan: 1. Oltinkoʻl tumani 205,2 4,0 180,0 16,0 22,4 2,0 2,8 2. Andijon tumani 307,8 6,0 270,0 24,0 33,6 3,0 4,2 3. Asaka tumani 16,8 12,0 16,8 4. Baliqchi tumani 11,2 8,0 11,2 5. Buloqboshi tumani 4,2 3,0 4,2 6. Boʻz tumani 2,8 2,0 2,8 7. Jalaquduqtumani 21,0 15,0 21,0 8. Izboskan tumani 4,2 3,0 4,2 9. Qoʻrgʻontepa tumani 262,8 5,0 225,0 20,0 28,0 7,0 9,8 10. Marhamat tumani 113,8 2,0 90,0 8,0 11,2 9,0 12,6 11. Paxtaobod tumani 157,4 3,0 135,0 12,0 16,8 4,0 5,6 12. Ulugʻnor tumani 2,8 2,0 2,8 13. Shahrixon tumani 209,4 4,0 180,0 16,0 22,4 5,0 7,0 14. Xoʻjaobod tumani 105,4 2,0 90,0 8,0 11,2 3,0 4,2 Buxoro viloyati 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 shu jumladan: 1. Qorakoʻl tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 2. Qorovulbozor tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 3. Shofirkon tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 Jizzax viloyati 2 507,4 49,0 2 205,0 196,0 274,4 20,0 28,0 shu jumladan: 1. Arnasoy tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 2. Baxmal tumani 50,6 1,0 45,0 4,0 5,6 3. Gʻallaorol tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 4. Sharof Rashidov tumani 50,6 1,0 45,0 4,0 5,6 5. Doʻstlik tumani 432,8 8,0 360,0 32,0 44,8 20,0 28,0 6. Zomin tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 7. Zarbdor tumani 354,2 7,0 315,0 28,0 39,2 8. Zafarobod tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 9. Mirzachoʻl tumani 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 10. Paxtakor tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 11. Forish tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 Qashqadaryo viloyati 853,0 16,0 720,0 64,0 89,6 31,0 43,4 shu jumladan: 1. Gʻuzor tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 2. Qarshi tumani 1,4 1,0 1,4 3. Kasbi tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 4. Kitob tumani 158,8 3,0 135,0 12,0 16,8 5,0 7,0 5. Muborak tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 6. Nishon tumani 126,4 2,0 90,0 8,0 11,2 18,0 25,2 7. Shahrisabz tumani 161,6 3,0 135,0 12,0 16,8 7,0 9,8 Navoiy viloyati 2 767,8 49,0 2 205,0 196,0 274,4 206,0 288,4 shu jumladan: 1. Zarafshon shahri 628,0 11,0 495,0 44,0 61,6 51,0 71,4 2. Konimex tumani 161,6 3,0 135,0 12,0 16,8 7,0 9,8 3. Karmana tumani 340,0 6,0 270,0 24,0 33,6 26,0 36,4 4. Qiziltepa tumani 245,8 4,0 180,0 16,0 22,4 31,0 43,4 5. Navbahor tumani 283,8 5,0 225,0 20,0 28,0 22,0 30,8 6. Nurota tumani 321,8 6,0 270,0 24,0 33,6 13,0 18,2 7. Uchquduq tumani 647,8 12,0 540,0 48,0 67,2 29,0 40,6 8. Xatirchi tumani 139,0 2,0 90,0 8,0 11,2 27,0 37,8 Namangan viloyati 922,8 15,0 675,0 60,0 84,0 117,0 163,8 shu jumladan: 1. Namangan shahri 837,4 15,0 675,0 60,0 84,0 56,0 78,4 2. Kosonsoy tumani 9,8 7,0 9,8 3. Mingbuloq tumani 12,6 9,0 12,6 4. Namangan tumani 15,4 11,0 15,4 5. Pop tumani 11,2 8,0 11,2 6. Toʻraqoʻrgʻon tumani 5,6 4,0 5,6 7. Uchqoʻrgʻon tumani 16,8 12,0 16,8 8. Chortoq tumani 2,8 2,0 2,8 9. Chust tumani 4,2 3,0 4,2 10. Yangiqoʻrgʻon tumani 7,0 5,0 7,0 Samarqand viloyati 3 643,2 72,0 3 240,0 288,0 403,2 shu jumladan: 1. Kattaqoʻrgʻon shahri 506,0 10,0 450,0 40,0 56,0 2. Oqdaryo tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 3. Bulungʻur tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 4. Jomboy tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 5. Ishtixon tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 6. Kattaqoʻrgʻon tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 7. Qoʻshrabot tumani 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 8. Narpay tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 9. Payariq tumani 455,4 9,0 405,0 36,0 50,4 10. Pastdargʻom tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 11. Paxtachi tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 12. Samarqand tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 13. Toyloq tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 14. Urgut tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 Surxondaryo viloyati 3 795,0 75,0 3 375,0 300,0 420,0 shu jumladan: 1. Denov tumani 1 113,2 22,0 990,0 88,0 123,2 2. Jarqoʻrgʻon tumani 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 3. Qiziriq tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 4. Qumqoʻrgʻon tumani 607,2 12,0 540,0 48,0 67,2 5. Muzrabot tumani 506,0 10,0 450,0 40,0 56,0 6. Sariosiyo tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 7. Uzun tumani 455,4 9,0 405,0 36,0 50,4 8. Sherobod tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 9. Shoʻrchi tumani 101,2 2,0 90,0 8,0 11,2 Sirdaryo viloyati 3 946,8 78,0 3 510,0 312,0 436,8 shu jumladan: 1. Guliston shahri 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 2. Yangiyer shahri 556,6 11,0 495,0 44,0 61,6 3. Shirin shahri 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 4. Oqoltin tumani 506,0 10,0 450,0 40,0 56,0 5. Boyovut tumani 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 6. Guliston tumani 354,2 7,0 315,0 28,0 39,2 7. Mirzaobod tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 8. Sayxunobod tumani 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 9. Sardoba tumani 506,0 10,0 450,0 40,0 56,0 10. Sirdaryo tumani 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 11. Xovos tumani 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 Toshkent viloyati 1 643,0 32,0 1 440,0 128,0 179,2 17,0 23,8 shu jumladan: 1. Nurafshon shahri 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 2. Olmaliq shahri 507,4 10,0 450,0 40,0 56,0 1,0 1,4 3. Bekobod shahri 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 4. Boʻstonliq tumani 404,8 8,0 360,0 32,0 44,8 5. Zangiota tumani 2,8 2,0 2,8 6. Quyichirchiq tumani 16,8 12,0 16,8 7. Piskent tumani 2,8 2,0 2,8 Fargʻona viloyati 4 655,2 92,0 4 140,0 368,0 515,2 shu jumladan: 1. Quvasoy shahri 759,0 15,0 675,0 60,0 84,0 2. Qoʻqon shahri 860,2 17,0 765,0 68,0 95,2 3. Oltiariq tumani 708,4 14,0 630,0 56,0 78,4 4. Bagʻdod tumani 50,6 1,0 45,0 4,0 5,6 5. Beshariq tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 6. Buvayda tumani 303,6 6,0 270,0 24,0 33,6 7. Dangʻara tumani 354,2 7,0 315,0 28,0 39,2 8. Quva tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 9. Rishton tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 10. Toshloq tumani 354,2 7,0 315,0 28,0 39,2 11. Uchkoʻprik tumani 202,4 4,0 180,0 16,0 22,4 12. Fargʻona tumani 253,0 5,0 225,0 20,0 28,0 13. Yozyovon tumani 151,8 3,0 135,0 12,0 16,8 Xorazm viloyati 2 351,4 39,0 1 755,0 156,0 218,4 270,0 378,0 shu jumladan: 1. Bogʻot tumani 36,4 26,0 36,4 2. Gurlan tumani 279,4 4,0 180,0 16,0 22,4 55,0 77,0 3. Qoʻshkoʻpir tumani 338,4 5,0 225,0 20,0 28,0 61,0 85,4 4. Urganch tumani 19,6 14,0 19,6 5. Hazorasp tumani 1 037,2 20,0 900,0 80,0 112,0 18,0 25,2 6. Xonqa tumani 272,6 5,0 225,0 20,0 28,0 14,0 19,6 7. Xiva tumani 286,6 5,0 225,0 20,0 28,0 24,0 33,6 8. Shovot tumani 19,6 14,0 19,6 9. Yangiariq tumani 33,6 24,0 33,6 10. Yangibozor tumani 28,0 20,0 28,0
Izoh:
* Chiqindi toʻplash shahobchasi qurishning yakuniy qiymati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga muvofiq aniqlashtirilishi lozim.
** Konteyner narxi yetkazib beruvchining narxi oʻzgarishiga qarab oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qaroriga 3-ILOVA
2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan “Toza hudud” DUKlarning faoliyat koʻrsatayotgan poligonlarini jihozlash boʻyicha manzilli dastur
(mln. soʻm) T/r Hudud, shahar va tuman nomi QMCH poligoni joylashgan manzili Jami summa QMCH poligonlarini jihozlash tadbirlari, shu jumladan: poligonni oʻrab qoʻyish sanitariya uzelini qurish maishiy xona qurish avtoyuvish shahobchasini qurish energiya taʼminoti** texnik suv taʼminoti (quduqlar) dizbaryer qurish avtotarozilar xarid qilish va oʻrnatish kirish yoʻllariga asfalt yotqazish pogon m. summa* dona summa* dona summa* dona summa* km summa* dona summa* dona summa* dona summa* km summa Respublika boʻyicha jami 57 486,0 44 258,0 13 277,4 65,0 647,0 55,0 2 860,0 72,0 1 080,0 120,0 3 600,6 79,0 3 950,0 85,0 1 275,0 55,0 8 250,0 112,7 22 546,0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1380 6,9 1 380,0 shu jumladan: 1. Beruniy tumani Sarkop ovuli 260,0 1,3 260,0 2. Qoraoʻzak tumani Berdaq ovuli 200,0 1,0 200,0 3. Kegeyli tumani Aktuba ovuli 260,0 1,3 260,0 4. Moʻynoq tumani Ush say ovuli 80,0 0,4 80,0 5. Toʻrtkoʻl tumani Shuraxan ovuli 460,0 2,3 460,0 6. Xoʻjayli tumani Jana jap ovuli 120,0 0,6 120,0 Andijon viloyati 7 278,0 5 520,0 1 656,0 5,0 50,0 3,0 156,0 6,0 90,0 8,2 246,0 5,0 250,0 10,0 150,0 6,0 900,0 18,9 3 780,0 shu jumladan: 1. Andijon shahri Istiqlol massivi 1342,0 2 200,0 660,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,00 90,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,5 300,0 2. Oltinkoʻl tumani S. Ashurov massivi 1131,0 430,0 129,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,00 60,0 1,0 50,0 1,0 15,0 4,0 800,0 3. Andijon tumani Istiqlol massivi 135,0 400,0 120,0 1,0 15,0 4. Asaka tumani Neʼmatobod mahallasi 475,0 200,0 60,0 1,0 15,0 2,0 400,0 5. Baliqchi tumani Boʻston mahallasi 80,0 0,4 80,0 6. Buloqboshi tumani Joʻrapolvon massivi 205,0 1,0 10,0 1,0 15,0 0,50 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,5 100,0 7. Boʻz tumani Sarbon mahallasi 25,0 1,0 10,0 1,0 15,0 8. Jalaquduq tumani Istiqlol massivi 95,0 1,0 15,0 0,4 80,0 9. Izboskan tumani Manguberdi mahallasi 717,0 600,0 180,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,50 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,0 200,0 10. Qoʻrgʻontepa tumani Sultonobod massivi 466,0 750,0 225,0 1,0 15,0 1,20 36,0 1,0 50,0 0,7 140,0 11. Marhamat tumani Paxtakor massivi 1055,0 800,0 240,0 1,0 15,0 4,0 800,0 12. Paxtaobod tumani Haqiqat massivi 150,0 1,0 150,0 13. Ulugʻnor tumani Oqoltin massivi 487,0 140,0 42,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,4 280,0 14. Shahrixon tumani Maslahattepa mahallasi 765,0 1,0 15,0 1,0 150,0 3,0 600,0 15. Xoʻjaobod tumani Xidirsha mahallasi 150,0 1,0 150,0 Buxoro viloyati 909,0 9,0 97,0 4,0 208,0 5,0 75,0 4,3 129,0 5,0 250,0 1,0 150,0 shu jumladan: 1. Olot tumani Talqonsayot mahallasi 160,0 1,0 10,0 1,0 150,0 2. Buxoro tumani Soʻfikorgar mahallasi 62,0 1,0 10,0 1,0 52,0 3. Vobkent tumani Latifsobunganmahallasi 10,0 1,0 10,0 4. Gʻijduvon tumani Qoraxoni mahallasi 87,0 1,0 10,0 1,0 15,0 0,4 12,0 1,0 50,0 5. Jondor tumani Xumin mahallasi 72,0 1,0 10,0 0,4 12,0 1,0 50,0 6. Kogon tumani Siyozpoyon mahallasi 217,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,0 90,0 1,0 50,0 7. Qorakoʻl tumani Tinchlik mahallasi 127,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 50,0 8. Qorovulbozor tumani Boʻzachi mahallasi 15,0 1,0 15,0 9. Peshku tumani Kamolot mahallasi 7,0 1,0 7,0 10. Romitan tumani Qahramon mahallasi 142,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 11. Shofirkon tumani Tezguzar mahallasi 10,0 10,0 Jizzax viloyati 2 912,5 3 480,0 1 044,0 5,0 50,0 5,0 260,0 5,0 75,0 2,0 58,5 5,0 250,0 5,0 75,0 4,0 600,0 2,5 500,0 shu jumladan: 1. Baxmal tumani Oqtosh qishlogʻi 456,5 680,0 204,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,4 10,5 1,0 50,0 1,0 15,0 0,5 100,0 2. Zomin tumani Laylakuya mahallasi 614,0 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,4 12,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150 0,5 100,0 3. Zafarobod tumani Uzun qishlogʻi 614,0 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,4 12,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150 0,5 100,0 4. Paxtakor tumani “Turkiston” suv isteʼmolchilari uyushmasi (SIU) hududi 614,0 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,4 12,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150 0,5 100,0 5. Yangiobod tumani Doʻstlik mahallasi 614,0 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,4 12,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150 0,5 100,0 Qashqadaryo viloyati 3 818,6 3 352,0 1 005,6 4,0 40,0 3,0 156,0 5,0 75,0 7,9 237,0 5,0 250,0 13,0 195,0 9,3 1 860,0 shu jumladan: 1. Gʻuzor tumani Boʻston mahallasi 15,0 1,0 15,0 2. Dehqonobod tumani Oʻzbekiston mahallasi 403,0 650,0 195,0 1,0 10,0 1,1 33,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,5 100,0 3. Qamashi tumani Gʻallakor mahallasi 151,6 122,0 36,6 1,0 15,0 0,5 100,0 4. Qarshi tumani Charogʻil mahallasi 242,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,5 100,0 5. Koson tumani Yangiobod mahallasi 140,0 1,0 15,0 2,0 60,0 1,0 50,0 1,0 15,0 6. Kasbi tumani Doʻstlik mahallasi 495,0 1,0 15,0 2,4 480,0 7. Kitob tumani Qaynarbuloq mahallasi 30,0 1,0 15,0 1,0 15,0 8. Mirishkor tumani Pomuq mahallasi 1080,0 1 080,0 324,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,8 54,0 1,0 50,0 1,0 15,0 2,8 560,0 9. Muborak tumani Muborak mahallasi 355,0 410,0 123,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,0 90,0 1,0 50,0 1,0 15,0 10. Nishon tumani Oydin mahallasi 55,0 1,0 15,0 0,2 40,0 11. Chiroqchi tumani Qahramon mahallasi 318,0 210,0 63,0 1,0 15,0 1,2 240,0 12. Shahrisabz tumani Toʻdamaydon mahallasi 519,0 880,0 264,0 1,0 15,0 1,2 240,0 13. Yakkabogʻ tumani Navroʻz mahallasi 15,0 1,0 15,0 Navoiy viloyati 3 511,0 6 090,0 1 827,0 3,0 30,0 2,0 104,0 6,0 90,0 8,5 255,0 2,0 100,0 7,0 105,0 4,0 600,0 2,0 400,0 shu jumladan: 1. Konimex tumani Shoʻrtepa mahallasi 426,0 870,0 261,0 0,5 15,0 1,0 150,0 2. Qiziltepa tumani Oqsoch mahallasi 456,0 870,0 261,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 15,0 1,0 150,0 3. Navbahor tumani Doʻstlik massivi 40,0 1,0 10,0 0,5 15,0 1,0 15,0 4. Nurota tumani Istiqbol mahallasi 306,0 870,0 261,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 15,0 5. Tomdi tumani Tomdibuloq qishlogʻi 456,0 870,0 261,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 15,0 1,0 150,0 6. Xatirchi tumani Uchqora massivi 456,0 870,0 261,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 15,0 1,0 150,0 7. Uchquduq tumani Abay mahallasi 418,0 870,0 261,0 1,0 10,0 1,0 52 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 8. Zarafshon shahri Tomdi tumani “Rohat” massivi 953,0 870,0 261,0 1,0 10,0 1,0 52 1,0 15,0 5,0 150,0 1,0 50,0 1,0 15,0 2,0 400,0 Namangan tumani 6 729,2 4 594,0 1 378,2 5,0 50,0 5,0 260,0 10,0 150,0 13,2 396,0 7,0 350,0 5,0 75,0 3,0 450,0 18,1 3 620,0 shu jumladan: 1. Namangan shahri Mustakillikning besh yilligi mahallasi 455,0 1,0 15,0 2,2 440,0 2. Kosonsoy tumani Qorasuv mahallasi 762,0 1 000,0 300,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 4,0 120,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 200,0 3. Mingbuloq tumani Fargʻona massivi 456,6 362,0 108,6 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,2 6,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 200,0 4. Norin tumani Gʻalaba massivi 320,0 1,6 320,0 5. Pop tumani Iskovut mahallasi 647,4 318,0 95,4 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,0 60,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,0 200,0 6. Toʻraqoʻrgʻon tumani Baxt mahallasi 520,0 350,0 105,0 1,0 15,0 2,0 400,0 7. Uychi tumani Birlashgan mahallasi 315,0 1,0 15,0 1,5 300,0 8. Uchqoʻrgʻon tumani Mustaqillik mahallasi 475,0 1,0 15,0 1,0 50,0 1,0 150,0 1,3 260,0 9. Chortoq tumani Muchum Kesganyor qishlogʻi 687,0 500,0 150,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,0 200,0 10. Chust tumani Zarafshon massivi 964,2 1 464,0 439,2 1,0 15,0 2,0 60,0 1,0 50,0 2,0 400,0 11. Yangiqoʻrgʻon tumani Iskovot Rizqroʻzi mahallasi 1127,0 600,0 180,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,5 105,0 1,0 50,0 1,0 15,0 3,5 700,0 Samarqand viloyati 3 981,6 3 750,0 1 125,0 3,0 30,0 3,0 156,0 4,0 60,0 8,8 264,6 14,0 700,0 14,0 210,0 1,0 150,0 6,43 1 286,0 shu jumladan: 1. Kattaqoʻrgʻon shahri R. Islomov fermer xoʻjaligi hududi 591,0 800,0 240,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,3 9,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 200,0 2. Oqdaryo tumani Oʻzbekiston mahallasi 65,0 1,0 50,0 1,0 15,0 3. Bulungʻur tumani Mingchinor mahallasi 365,0 1 000,0 300,0 1,0 50,0 1,0 15,0 4. Jomboy tumani Usmon Nosir massivi 65,0 1,0 50,0 1,0 15,0 5. Ishtixon tumani Muslim qishlogʻi 452,6 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,02 0,6 1,0 50,0 1,0 15,0 0,5 100,0 6. Kattaqoʻrgʻon tumani Jarboshi mahallasi 305,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,2 240,0 7. Qoʻshrabot tumani Doʻstlik mahallasi 434,0 1,0 15,0 1,8 54,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,5 300,0 8. Narpay tumani Guliston mahallasi 65,0 1,0 50,0 1,0 15,0 9. Nurobod tumani Qilichli mahallasi 1097,0 1 200,0 360,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 2,0 400,0 10. Payariq tumani Doʻstlik mahallasi 245,0 50,0 15,0 4,5 135,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,15 30,0 11. Pastdargʻom tumani Qayirmasoy massivi 73,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,04 8,0 12. Paxtachi tumani Qarnobota mahallasi 71,0 0,2 6,0 1,0 50,0 1,0 15,0 13. Toyloq tumani Adas mahallasi 65,0 1,0 50,0 1,0 15,0 14. Urgut tumani Navoiy mahallasi 88,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 0,04 8,0 Surxondaryo viloyati 3 506,2 5 404, 1 621,2 9,0 90,0 10,0 520,0 10,0 150,0 17,0 510,0 9,0 450,0 11,0 165,0 shu jumladan: 1. Oltinsoy tumani Mustaqillik 10 yilligi mahallasi 266,2 264,0 79,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 2. Boysun tumani Rabot mahallasi Ganda massivi 440,5 895,0 268,5 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 30,0 1,0 50,0 1,0 15,0 3. Denov tumani Koʻkabuloq mahallasi 311,2 264,0 79,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,0 90,0 1,0 50,0 1,0 15,0 4. Jarqoʻrgʻon tumani Qushtepa mahallasi 543,4 1 038,0 311,4 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,0 90,0 1,0 50,0 1,0 15,0 5. Qiziriq tumani Loyqand chinori mahallasi 206,2 264,0 79,2 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 15,0 6. Qumqoʻrgʻon tumani Azlarsoy mahallasi 463,9 973,0 291,9 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 30,0 1,0 50,0 1,0 15,0 7. Muzrabot tumani Yoʻlchi mahallasi 266,2 264,0 79,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 8. Sariosiyo tumani Feruz mahallasi 266,2 264,0 79,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 9. Uzun tumani Obodyurt mahallasi 236,2 264,0 79,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 10. Sherobod tumani Zarabogʻ mahallasi 491,2 914,0 274,2 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,5 75,0 1,0 50,0 1,0 15,0 11. Shoʻrchi tumani Oqkamar mahallasi 15,0 1,0 15,0 Sirdaryo viloyati 6 201,0 2 760,0 828,0 4,0 40,0 4,0 208,0 4,0 60,0 9,5 285,0 4,0 200,0 4,0 60,0 10,0 1 500,0 15,1 3 020,0 shu jumladan: 1. Guliston shahri “Beruniy” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 750,0 1,0 150,0 3,0 600,0 2. Shirin shahri Chashma Niholi fermer xoʻjaligi hududi 450,0 1,0 150,0 1,5 300,0 3. Yangiyer shahri Ishlab chiqarish massivi 770,0 760,0 228,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 3,0 90,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 0,8 160,0 4. Oqoltin tumani “A. Toirov” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 552,0 400,0 120,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,0 60,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 0,4 80,0 5. Boyovut tumani “Navroʻz” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 587,0 800,0 240,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 0,2 40,0 6. Guliston tumani “A. Nosirov” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 1452,0 800,0 240,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 4,0 120,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 4,0 800,0 7. Sayxunobod tumani “Paxtaobod” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 710,0 1,0 150,0 2,8 560,0 8. Sardoba tumani “Guliston” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 510,0 1,0 150,0 1,8 360,0 9. Sirdaryo tumani “J. Mamanov” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 150,0 1,0 150,0 10. Xovos tumani “Turkiston” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududi 270,0 1,0 150,0 0,6 120,0 Toshkent viloyati 6 176,5 7 900,0 2 370,0 13,0 130,0 13,0 676,0 13,0 195,0 25,4 760,5 13,0 650,0 13,0 195,0 8,0 1 200,0 shu jumladan: 1. Bekobod shahri Xos shaharchasi 157,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 2. Oqqoʻrgʻon tumani Sultonobod mahallasi 535,0 600,0 180,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,1 63,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 3. Ohangaron tumani Ubay shaharchasi 562,0 200,0 60,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 7,0 210,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 4. Bekobod tumani Farhod mahallasi 299,5 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,3 7,5 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 5. Boʻka tumani “B. Umarov” fermer xoʻjaligi hududi 217,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,5 75,0 1,0 50,0 1,0 15,0 6. Qibray tumani May qishlogʻi, Zafarobod mahallasi 427,0 900,0 270,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 0,5 15,0 1,0 50,0 1,0 15,0 7. Quyichirchiq tumani Mehnatobod mahallasi 547,0 700,0 210,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 8. Parkent tumani Samsarak Navbahor mahallasi 577,0 800,0 240,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 9. Piskent tumani Mayilobod mahallasi 292,0 400,0 120,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 30,0 1,0 50,0 1,0 15,0 10. Oʻrtachirchiq tumani M.Ulugʻbek mahallasi 787,0 1 500,0 450,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,5 45,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 11. Chinoz tumani Gʻayrat mahallasi 502,0 600,0 180,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 30,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 12. Yuqorichirchiq tumani Buloqboshi mahallasi 268,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 4,2 126,0 1,0 50,0 1,0 15,0 13. Yangiyoʻl tumani Xalqobod shaharchasi, Z.M. Bobur mahallasi 1006,0 2 200,0 660,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,8 54,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 Fargʻona viloyati 8 392,4 408,0 122,4 5,0 40,0 3,0 156,0 4,0 60,0 15,3 459,0 10,0 500,0 3,0 45,0 13,0 1 950,0 25,3 5 060,0 shu jumladan: 1. Fargʻona shahri Satkak mahallasi 212,0 0,4 12,0 1,0 200,0 2. Margʻilon shahri Satkak mahallasi 417,0 1,0 1,0 52,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,0 200,0 3. Oltiariq tumani Qapchugʻay shaharchasi 750,0 1,0 150,0 3,0 600,0 4. Bagʻdod tumani Qiziltepa massivi 350,0 3,0 90,0 1,0 50,0 1,0 150,0 0,3 60,0 5. Beshariq tumani Oʻttizambar shaharchasi 860,0 2,0 60,0 1,0 50,0 1,0 150,0 3,0 600,0 6. Buvayda tumani Chirkay shaharchasi 280,0 1,0 50,0 1,0 150,0 0,4 80,0 7. Dangʻara tumani Kaki shaharchasi 212,0 0,4 12,0 1,0 200,0 8. Quva tumani Dasht shaharchasi 150,0 1,0 150,0 9. Qoʻshtepa tumani A.Alligavharov massivi 382,4 408,0 122,4 1,0 50,0 1,0 150,0 0,3 60,0 10. Rishton tumani Soʻxobod shaharchasi 550,0 1,0 150,0 2,0 400,0 11. Soʻx tumani Ravon shaharchasi 457,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,5 75,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,2 240,0 12. Toshloq tumani Ashxak mahallasi 150,0 1,0 50,0 0,5 100,0 13. Uchkoʻprik tumani Muruvvat mahallasi 250,0 2,0 60,0 1,0 50,0 0,7 140,0 14. Oʻzbekiston tumani Komilchoʻl qishlogʻi 610,0 1,0 10,0 1,0 50,0 1,0 150,0 2,0 400,0 15. Fargʻona tumani Chimyon mahallasi 390,0 1,0 150,0 1,2 240,0 16. Novkent qishlogʻi 1015,0 1,0 10,0 1,0 15,0 2,5 75,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 3,5 700,0 17. Furqat tumani Gʻallakor mahallasi 607,0 1,0 10,0 1,0 52,0 1,0 15,0 2,5 75,0 1,0 50,0 1,0 15,0 1,0 150,0 1,2 240,0 18. Yozyovon tumani Fargʻona mahallasi 750,0 1,0 150,0 3,0 600,0 Xorazm viloyati 2 690,0 1 000,0 300,0 5,0 750,0 8,2 1 640,0 shu jumladan: 1. Bogʻot tumani Oltin qum mahallasi 600,0 1 000,0 300,0 1,5 300,0 2. Gurlan tumani Chinobod mahallasi 200,0 1,0 200,0 3. Qoʻshkoʻpir tumani Arablar mahallasi 300,0 1,5 300,0 4. Hazorasp tumani Chorvador massivi 150,0 1,0 150,0 5. Xiva tumani Doshyoq mahallasi 750,0 1,0 150,0 3,0 600,0 6. Shovot tumani Uzunkoʻl mahallasi 310,0 1,0 150,0 0,8 160,0 7. Yangiariq tumani Ostona mahallasi 230,0 1,0 150,0 0,4 80,0 8. Yangibozor tumani Boshqirshix mahallasi 150,0 1,0 150,0
Izoh:
* Yakuniy qiymat ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish natijalariga muvofiq aniqlashtirilishi lozim.
** Elektr tarmoqlariga ulanish qiymati yuqori boʻlgan taqdirda, muqobil energiya manbalarini oʻrnatish boʻyicha qarorlar qabul qilinishi mumkin.
