Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (3009-son)
11.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3009]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-aprel,
76-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllarini toʻldirish va taqdim qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (bundan buyon matnda SQ deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda BQ deb yuritiladi), shuningdek soliq va yigʻimlarni undirish boʻyicha boshqa vakolatli organlar (bundan buyon matnda boshqa vakolatli organlar deb yuritiladi), budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari hamda ushbu hujjatlarni SQ, BQ, boshqa vakolatli organlar va budjet tashkilotlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etish muddatlari mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
3. Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllarini (bundan buyon matnda hujjatlar deb yuritiladi) taqdim etish mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Davlat budjeti (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari) kassa rejasi Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimida amalga oshiriladi.
5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kutilayotgan oylik xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan qabul qilinganidan soʻng budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar avtomatik tarzda beriladi.
Yoʻriqnomaning 4-ilovasida bir yilda (chorakda) bir marta beriladigan xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma boʻyicha xarajatlar moddalari (kichik modda va elementlar) roʻyxatiga binoan moliya organlari yiliga toʻliq xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar beradi.
2-bob. Davlat budjeti daromadlari tushumi prognozini tuzish boʻyicha maʼlumot almashuvi
6. Davlat budjetiga kutilayotgan yillik va oylik tushumlar kontingenti toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga maʼlumot taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
7. SQ va boshqa vakolatli organlar mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklni kelgusi moliya yili uchun joriy moliya yilining 30-dekabriga qadar, 6-ilovasiga muvofiq shaklni kelgusi oy uchun oʻtgan yilning mos oy tushumlari, kutilayotgan oʻsish dinamikasi va boshqa omillarni ekspert baholash va ekstrapolyatsiya yoʻli bilan joriy oyning 28 sanasiga qadar zarur maʼlumotlarni oʻz hududiy boʻlinmalaridan yigʻib jamlagan holda tumanlar kesimida hamda BQ viloyatlar kesimida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdim etadilar.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatilgan SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni 1 kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik xizmati boshqarmalariga yetkazadi.
9. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur maʼlumotlar 1 kun muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimiga kiritiladi.
10. Davlat budjeti daromadlari tushumi prognozini tuzish boʻyicha maʼlumot almashuvi elektron hujjat koʻrinishida Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimi hamda SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashuvini taʼminlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
3-bob. Davlat budjeti xarajatlari prognozini tuzish boʻyicha maʼlumot almashuvi
11. Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarda kutilayotgan yillik va oylik xarajatlar toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 7 va 8-ilovalariga muvofiq shaklda budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan “UzASBO” dasturiy majmui orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga maʼlumot taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar boʻyicha maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 7 va 8-ilovalariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) dasturiga kiritib boriladi.
Bunda budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan “UzASBO” dasturiy majmuiga ulanmagan budjet mablagʻlari oluvchilar mazkur shakllarni qogʻoz shaklda taqdim etadilar.
12. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklni kelgusi moliya yili uchun joriy moliya yilining 30-dekabriga qadar, 8-ilovasiga muvofiq shaklni kelgusi oy uchun joriy oyning 28 sanasiga qadar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etadilar.
4-bob. Javobgarlik
13. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq taqdim etiladigan maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi hamda toʻgʻri va ishonchliligiga SQ, BQ, boshqa vakolatli organlar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar masʼuldirlar.
14. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
5-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 9-aprel
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2018-yil 9-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllarini taqdim etish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
_____ yil uchun Davlat budjeti (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari) kassa rejasi
mln.soʻm Koʻrsatkichlar Qator kodi Yanvar Fevral Mart Jami 1-chorak boʻyicha Aprel May Iyun Jami 2-chorak boʻyicha Iyul Avgust Sentabr Jami 3-chorak boʻyicha Oktabr Noyabr Dekabr Jami 4-chorak boʻyicha Yillik jami Yil (chorak, oy) boshiga erkin qoldiq Kassali tushumlar — jami 1000 soliq boʻlgan tushumlar 1100 soliq boʻlmagan tushumlar 1200 budjetlararo transfertlar 1300 quyi turuvchi budjetlar bilan oʻzaro hisob kitoblar 1310 qaytarilgan ssudalar 1320 Kassa xarajatlari-jami 2000 Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarning xarajatlari 2100 1-guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) 2110 ish haqi 2111 stipendiya 2113 boshqalar 2114 2-guruh (ajratmalar) 2120 3-guruh (kapital qoʻyilmalar) 2130 4-guruh (boshqa xarajatlar) 2140 oziq-ovqat 2142 dori-darmon 2143 kommunal toʻlovlar 2144 YOMM 2145 boshqa xarajatlar 2146 budjetlararo transfertlar 2200 ssuda 2210 subvensiya 2220 quyi turuvchi budjetlar bilan oʻzaro hisob kitoblar 2230 oʻtkazib beriladigan daromadlar 2240 Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy tarmoq boshqarmalari xarajatlari (moliyalashtirish va boshqalar) 2300 QQS 2310 2-boshqarma (MV, DXX, IIV) 2320 Tashqi qarz 2330 Defitsit (-), Profitsit (+) 3000 Defitsitni qoplash manbasi 4000 ichki 4100 tashqi 4200 Hisobot davri boʻyicha qoldiq
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
_____ yil uchun Davlat budjeti (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari) kassa rejasi
mln soʻm Koʻrsatkichlar Qator kodi 1 2 3 4 5 6 … … … … … … 28 29 30 31 Bir oylik jami Yil (chorak, oy) boshiga erkin qoldiq Kassali tushumlar -jami 1000 soliq boʻlgan tushumlar 1100 soliq boʻlmagan tushumlar 1200 budjetlararo transfertlar 1300 quyi turuvchi budjetlar bilan oʻzaro hisob kitoblar 1310 qaytarilgan ssudalar 1320 Kassa xarajatlari — jami 2000 Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarning xarajatlari 2100 1-guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) 2110 ish haqi 2111 stipendiya 2113 boshqalar 2114 2-guruh (ajratmalar) 2120 3-guruh (kapital qoʻyilmalar) 2130 4-guruh (boshqa xarajatlar) 2140 oziq-ovqat 2142 dori-darmon 2143 kommunal toʻlovlar 2144 YOMM 2145 boshqa xarajatlar 2146 budjetlararo transfertlar 2200 ssuda 2210 subvensiya 2220 quyi turuvchi budjetlar bilan oʻzaro hisob kitoblar 2230 oʻtkazib beriladigan daromadlar 2240 Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy tarmoq boshqarmalari xarajatlari (moliyalashtirish va boshqalar) 2300 QQS 2310 2-boshqarma (MV, DXX, IIV) 2320 Tashqi qarz 2330 Defitsit (-), Profitsit (+) 3000 Defitsitni qoplash manbasi 4000 ichki 4100 tashqi 4200 Hisobot davri boʻyicha qoldiq
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Bir yilda (chorakda) bir marta beriladigan XTR boʻyicha xarajatlar moddalari (kichik moddalari va elementlari)
ROʻYXATI
Xarajatlar nomi Toifa Modda va kichik modda Element I guruh Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Ish haqi 41 10 000 Pul shaklidagi ish haqi 41 11 000 Asosiy ish haqi 41 11 100 Ish haqiga ustama va qoʻshimcha toʻlovlar 41 11 200 Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari 41 11 210 Tibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustama va qoʻshimchalar 41 11 220 Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha har oylik kompensatsiya toʻlovlari 42 99 100 Nafaqalar 47 11 100 Ishsizlik boʻyicha nafaqa 47 11 110 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 47 11 120 Bola tugʻilgani uchun nafaqa 47 11 130 Dafn marosimi uchun nafaqa 47 11 140 Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa 47 11 150 Nogironligi boʻlgan bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola oʻn olti yoshga toʻlgunga qadar oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni uchun nafaqa 47 11 160 Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqa 47 11 170 Pensiyalar 47 11 400 Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar 47 11 410 Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar 47 11 420 Ishlovchi pensionerlarga 100 foiz miqdorida pensiya toʻlovi 47 11 440 Ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun beriladigan oylik nafaqa 47 21 100 Voyaga yetmagan 16 (18) yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar 47 21 200 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 47 21 300 Stipendiyalar 48 21 400 II guruh Ish haqiga qoʻshimchalar Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar 41 20 000 Ijtimoiy ehtiyojlarga haqiqatda qilinadigan ajratmalar/badallar 41 21 000 Ijtimoiy soliq 41 21 100 Ijtimoiy ehtiyojlarga boshqa ajratmalar/badallar 41 21 200 Shartli hisoblanadigan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar 41 22 000 III guruh Kapital qoʻyilmalar Asosiy vositalarni loyihalashtirish 43 10 000 Bino 43 11 000 Turar-joy binolari 43 11 100 Noturar joy binolari 43 11 200 Inshoot 43 12 000 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari 43 12 100 Loyihalashtirish va qidiruv ishlari xarajatlari 43 12 110 Boshqa inshootlar 43 12 900 Asosiy vositalarni loyihalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlar 43 19 000 Asosiy vositalarni qurish va rekonstruksiya qilish 43 20 000 Bino 43 21 000 Turar-joy binolari 43 21 100 Noturar joy binolari 43 21 200 Inshoot 43 22 000 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari 43 22 100 Boshqa inshootlar 43 22 900 Asosiy vositalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar 43 29 900 Asosiy vositalar boʻyicha boshqa xarajatlar 43 90 000 Buyurtmachini saqlash xarajatlari 43 90 100 Qurilish pudrat xarajatlari 43 90 200 Buyurtmachining boshqa xarajatlari 43 90 300 IV guruh boshqa xarajatlar Xizmat safarlari xarajatlari 42 10 000 Respublika hududida 42 11 000 Chet davlatlarga chiqish bilan bogʻliq 42 12 000 Kommunal xizmatlari 42 20 000 Elektr energiyasi 42 21 000 Tabiiy gaz 42 22 000 Issiq suv va issiqlik energiyasi 42 23 000 Sovuq suv va oqova 42 24 000 Chiqindilarni tozalash, olib chiqib ketish bilan bogʻliq xizmatlar hamda energetik va boshqa resurslar (benzin va boshqa YOMMlardan tashqari)ni sotib olish 42 25 000 Boshqa moddiy aylanma vositalar 42 52 000 Oziq-ovqat mahsulotlari 42 52 300 Dori-darmonlar, tibbiyotda foydalaniladigan vositalar, vaksinalar va bakteriologik preparatlar 42 52 400 Dori-darmonlar va tibbiyotda foydalaniladigan vositalar 42 52 410 Vaksinalar va bakteriologik preparatlar 42 52 420 Ambulatoriya sharoitida davolanuvchi imtiyozli bemorlar kontingentiga retsept asosida bepul beriluvchi dori-darmonlar 42 52 430 Foizlar 44 00 000 Norezidentlarga 44 10 000 Xorijiy kreditlar boʻyicha 44 11 000 Chet el hukumatlariga 44 11 100 Xalqaro tashkilotlarga 44 11 200 Moliyaviy tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlar bundan mustasno 44 11 300 Boshqa norezidentlarga 44 11 900 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha 44 12 000 Gʻaznachilik veksellari boʻyicha 44 12 100 Obligatsiyalar boʻyicha 44 12 200 Rezidentlarga, davlat boshqaruv sektori bundan mustasno 44 20 000 Ichki kreditlar boʻyicha 44 21 000 Markaziy bankka 44 21 100 Tijorat banklariga 44 21 200 Boshqa moliyaviy tashkilotlarga 44 21 300 Nomoliyaviy tashkilotlarga 44 21 400 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha 44 22 000 Gʻaznachilik veksellari boʻyicha 44 22 100 Obligatsiyalar boʻyicha 44 22 200 Boshqa davlat boshqaruvi sektori birliklariga 44 30 000 SUBSIDIYALAR 45 00 000 Davlat tashkilotlariga 45 10 000 Nomoliyaviy davlat tashkilotlariga 45 11 000 Moliyaviy davlat tashkilotlariga 45 12 000 Xususiy tashkilotlarga 45 20 000 Nomoliyaviy xususiy tashkilotlarga 45 21 000 Moliyaviy xususiy tashkilotlarga 45 22 000 Nodavlat notijorat tashkilotlarga 45 30 000 GRANTLAR 46 00 000 Xorijiy davlatlar hukumatlariga 46 10 000 Joriy 46 11 000 Kapital 46 12 000 Xalqaro tashkilotlarga 46 20 000 Joriy 46 21 000 Kapital 46 22 000 Nodavlat notijorat tashkilotlarga 46 30 000 Joriy 46 31 000 Kapital 46 32 000 Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklariga 46 40 000 Joriy 46 41 000 Dotatsiyalar 46 41 100 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 46 41 110 Viloyatlar va Toshkent shahriga 46 41 120 Tuman va shaharlarga 46 41 130 Davlat maqsadli jamgʻarmalariga 46 41 140 Subvensiyalar 46 41 200 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 46 41 210 Viloyatlar va Toshkent shahriga 46 41 220 Tuman va shaharlarga 46 41 230 Davlat maqsadli jamgʻarmalariga 46 41 240 Oʻtkazib beriladigan mablagʻlar 46 41 300 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 46 41 310 Viloyatlar va Toshkent shahriga 46 41 320 Tuman va shaharlarga 46 41 330 Kapital 46 42 000 Kapital xarajatlarni qoplash uchun subvensiyalar 46 42 100 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 46 42 110 Viloyatlar va Toshkent shahriga 46 42 120 Tuman va shaharlarga 46 42 130 Davlat maqsadli jamgʻarmalariga 46 42 140 Davlat doirasida boshqa kapital transfertlar 46 42 200 Moliyaviy tashkilotlar 46 42 210 Nomoliyaviy tashkilotlar 46 42 220 Pul shaklidagi ijtimoiy taʼminot boʻyicha nafaqalar 47 11 000 Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nafaqalar 47 21 600 Pul shaklidagi boshqa ijtimoiy yordam nafaqalari 47 21 900 Natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari 47 22 000 Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash nafaqalari 47 22 100 Qishki kiyim va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari 47 22 200 Darsliklar bilan taʼminlash xarajatlari 47 22 300 Yoʻl chiptasi bilan taʼminlash xarajatlari 47 22 400 Yolgʻiz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari 47 22 600 Ish beruvchilar tomonidan pul shaklida beriladigan ijtimoiy nafaqalar 47 31 000 Joriy xarajat 48 21 000 Boshqa xarajatlar 48 21 190 Fuqarolarga yetkazilgan zararlarni qoplash 48 21 500
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
20___ yil Davlat budjetiga kutilayotgan yillik tushumlar kontingenti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT*
sum T/r Daromadlarning turi Yanvar Fevral Mart Jami 1-chorak boʻyicha Aprel May Iyun Jami 2-chorak boʻyicha Iyul Avgust Sentabr Jami 3-chorak boʻyicha Oktabr Noyabr Dekabr Jami 4-chorak boʻyicha Yillik jami Boʻlim Paragraf Daromad tipi Daromad nomi** 1. 2. 3. ... Jami:
* SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdim etiladi.
** Budjet tasnifi boʻyicha daromadning nomlanishi
Rahbar (Imzo) M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
20___ yil ___________ oyi Davlat budjetiga kutilayotgan oylik tushumlar kontengenti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT*
soʻm T/r Daromadlarning turi Bir oylik jami shu jumladan kunlar boʻyicha Boʻlim Paragraf Daromad tipi Daromad nomi** 1 2 3 4 5 6 … … … … … … 28 29 30 31 1. 2. 3. ... Jami:
* SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdim etiladi.
** Budjet tasnifi boʻyicha daromadning nomlanishi
Rahbar (Imzo) M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
20___ yil Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarda kutilayotgan yillik xarajat toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
soʻm Koʻrsatkichlarning nomlanishi Yanvar Fevral Mart Jami 1-chorak boʻyicha Aprel May Iyun Jami 2-chorak boʻyicha Iyul Avgust Sentabr Jami 3-chorak boʻyicha Oktabr Noyabr Dekabr Jami 4-chorak boʻyicha Yillik jami Kassa xarajatlari-jami Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarning xarajatlari 1-guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) ish haqi stipendiya boshqalar 2-guruh (ajratmalar) 3-guruh (kapital qoʻyilmalar) 4-guruh (boshqa xarajatlar) kommunal toʻlovlar oziq-ovqat dori-darmon QQS 2-boshqarma (MV, DXX, IIV) Tashqi qarz YOMM boshqa xarajatlar Tashkilot rahbari (imzo) (F.I.O) Bosh hisobchi (yoki masʼul shaxs) (imzo) (F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
20___ yil Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarda kutilayotgan oylik xarajat toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
soʻm Koʻrsatkichlarning nomlanishi Bir oylik jami shu jumladan kunlar boʻyicha 1 2 3 4 5 6 … … … … … … 28 29 30 31 Kassa xarajatlari-jami Budjet va budjet mablagʻlari oluvchi tashkilotlarning xarajatlari 1-guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) ish haqi stipendiya boshqalar 2-guruh (ajratmalar) 3-guruh (kapital qoʻyilmalar) 4-guruh (boshqa xarajatlar) kommunal toʻlovlar oziq-ovqat dori-darmon QQS 2-boshqarma (MV, DXX, IIV) Tashqi qarz YOMM boshqa xarajatlar Tashkilot rahbari (imzo) (F.I.O) Bosh hisobchi (imzo) (F.I.O)
