“Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalariga kirib-chiqish tartibini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (574-1-son)
15.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 574-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1993-yil 23-iyundagi 76-son “Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalariga kirib-chiqish tartibini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 574, 1998-yil 21-dekabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-aprel,
14/16-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 14-aprel
