“1781-modda. Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Reklamaga taalluqli maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik, shuningdek reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmalarni oʻz muddatida bajarmaganlik —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Notoʻgʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya etmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik —
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
8) 2021-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi “Faoliyati taqiqlangan”, “Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan” degan soʻzlar tegishincha “Gʻayriqonuniy”, “Oʻzbekiston Respublikasida Gʻayriqonuniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 215-moddasida:
birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) Kodeks quyidagi mazmundagi 2151-modda bilan toʻldirilsin:
