Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma shaklini tasdiqlash haqida (3008-son)
10.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3008]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-aprel,
106-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 17-apreldagi 106-son buyrugʻiga ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTIGA Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisida ILTIMOSNOMA Men, ____________________________________________________________________________________________ (F.I.O.)Sizdan, quyidagi holatlarni inobatga olgan holda, menga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berishingizni soʻrayman. 1. Oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati: _____________ ________________________________________________________________________________________________ 2. Diniy eʼtiqodi uchun oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki yashash joyida taʼqib qilinayotgan yoki taʼqib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdidning mavjudligi: ____________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 3. Oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki yashash joyida irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinayotgan yoki taʼqib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdidning mavjudligi: _______________________ ________________________________________________________________________________________________ 4. Oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki yashash joyida xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlari: ________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ Shuningdek, oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman: Tugʻilgan kuni, oyi, yili va joyi: ____________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ Fuqaroligi: _____________________________________________________________________________________(agar fuqaroligi yoʻq shaxs boʻlsa, unda yashash joyi koʻrsatiladi)Millati: ________________________________________________________________________________________ 5. Pasport maʼlumotlari: Kim tomonidan berilgan____________________________________________________________________________ Seriyasi __________, raqami ____________________________, berilgan vaqti ______________________________, amal qilish muddati _______________________________________________________________________________ 6. Oʻzbekiston Respublikasida men bilan birga (oila aʼzolari koʻrsatilishi kerak): T/rFamiliyasi, ismi, otasining ismiTugʻilgan kuni, oyi, yili va joyiQarindoshlik darajasiPasporti (boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjati)1.2.3....Men va oila aʼzolarim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-son “Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻrsatilgan talablar va majburiyatlar bilan tanishdik. “___” _____________ 20___ yil______________ (Imzo) 7. Iltimosnomani tasdiqlaymiz (oila aʼzolari koʻrsatilishi kerak): T/rFamiliyasi, ismi, otasining ismiQarindoshlik darajasi Imzosi 1.2.3....Rus yoki boshqa xorijiy tilga tarjima qilib berildi Mening soʻzimdan toʻgʻri yozildi _________________________ (tarjimonning imzosi) __________________________ (arizachining imzosi)
