Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (312-son)
27.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni hamda “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son qarori ijrosini taʼminlash, mamlakatda omuxta yem ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, mahalliy omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining past rentabelli paxta va gʻalladan boʻshagan, ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlarda joriy yilda makkajoʻxori ekinini joylashtirish hamda 2018-2019-yillarda hududlarda boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlaridagi mavjud omuxta yem ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilib borish va yangi quvvatlarni ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Respublikada omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xom ashyo bazasini koʻpaytirish maqsadida past rentabelli paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlarga 2018-yilda makkajoʻxori ekinini joylashtirish va makka doni yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xom ashyo bazasini koʻpaytirish uchun kelgusi yillarda ozuqa ekinlari ekish uchun ajratiladigan yer maydonlarini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda 2019-yil hosilidan boshlab, ozuqa ekinlarining superelita urugʻlarini originatorlar va ilmiy tajriba stansiyalarida, elita urugʻlarini urugʻchilik yetishtirish bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarda yetishtirgan holda, ozuqa ekinlari uchun ajratiladigan maydonlarning urugʻlikka boʻlgan talabini toʻliq qondirish choralarini koʻrsin.
5. “Oʻzdonmahsulot” AK tomonidan makkajoʻxorining 2018-yil hosili uchun talab etiladigan, respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan serhosil urugʻligini chetdan keltirish hajmlari va ularning hududlar kesimida taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. “Oʻzdonmahsulot” AK Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda don qabul qilish tashkilotlari va ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan maydonlarda makkajoʻxori yetishtiradigan tashkilotlar oʻrtasida 2018-yil hosilidan makka donini xarid qilish shartnomalari joriy yilning 5-mayigacha tuzilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda 2019-yil hosilidan boshlab, davlat ehtiyojlari uchun makka donini xarid qilish tartibi boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Isteʼmolchilarning omuxta yemga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida 2018-2019-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlarda granulalangan va ekstrudirlangan zamonaviy omuxta yem ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda granulalangan va ekstrudirlangan zamonaviy omuxta yem ishlab chiqarishga boʻlgan qoʻshimcha talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, yangi quvvatlarni ishga tushirish boʻyicha har yil yakunida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish topshirilsin.
10. “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda xom ashyo resurslaridan samarali foydalangan holda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sektorlari boʻyicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslangan retsepturalarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etsinlar va ularni har chorakda yangilab borishni taʼminlasinlar.
11. 2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Quyidagilar:
“Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, parrandachilik va chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, shu jumladan spirt, pivo, tomat va meva sharbatlari, un mahsulotlari, noanʼanaviy oʻsimlik moylari, baliq, goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida hamda kushxonalarda hosil boʻladigan ozuqabop chiqindilar — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, shuningdek, paxta shroti va sheluxa mahsulotlari belgilangan tartibda — birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi;
“Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ozuqabop chiqindilar, kepak, paxta shroti va sheluxasi, boshoqli, dukkakli va makka donlari hamda premikslardan ilmiy asoslangan retsepturalar asosida omuxta yem tayyorlashda xom ashyo sifatida foydalanilishi inobatga olinsin.
Belgilansinki, chorva mollari, parranda va baliq ozuqasi uchun ilmiy asoslangan retsepturalar asosida ishlab chiqarilayotgan omuxta yem mahsulotlari qadoqlangan va unga mahkamlangan yorliqda mahsulotni tayyorlagan tashkilot, ishlab chiqarilgan sanasi, tarkibi, chorvachilikning qaysi turi, yoʻnalishi va chorva mollarining yoshi uchun tayyorlangan, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari koʻrsatiladi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlariga hududlarda faoliyat yuritayotgan kushxonalar, goʻsht va baliqni qayta ishlash, kolbasa, pivo, tomat va meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan ikkilamchi va ozuqabop chiqindilarni shartnoma asosida sotib olishiga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda har yili davlat ehtiyojlari uchun qabul qilingan bugʻdoy va arpa resurslarining ishlatilishi boʻyicha balanslarni tayyorlashda omuxta yem ishlab chiqarish uchun 5-sinf bugʻdoyi va arpa hajmlarini oshirib borishni nazarda tutsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ ilmiy asoslangan retsepturalar asosida omuxta yem tayyorlashda talab etiladigan resurslarni oʻrganib, respublikada yetishmaydigan xom ashyolarni chetdan olib kelish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ va “Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda omuxta yemni birja savdolari orqali realizatsiya qilish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-aprel,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son qaroriga 1-ILOVA
Past rentabelli paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlarga 2018-yilda makkajoʻxori ekinini joylashtirish va makka doni yetishtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Makkajoʻxori ekiladigan jami maydon, gektar shundan: Jami olinadigan makka hosili, tonna shundan: tovar makka urugʻlik makka tovar makka urugʻlik makka 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 857 847 10 6 799 6774 26 2. Andijon viloyati 1 436 1 401 35 11 295 11207 88 3. Buxoro viloyati 525 520 5 4 169 4157 12 4. Jizzax viloyati 4 458 4 411 47 35 405 35288 118 5. Qashqadaryo viloyati 2 869 2 822 47 22 693 22576 118 6. Navoiy viloyati 588 579 9 4 655 4633 22 7. Namangan viloyati 1 068 1 048 20 8 436 8387 49 8. Samarqand viloyati 3 525 3 483 42 27 970 27865 105 9. Surxondaryo viloyati 3 313 3 259 54 26 208 26073 135 10. Sirdaryo viloyati 4 463 4 342 121 35 040 34738 302 11. Toshkent viloyati 2 227 2 192 35 17 626 17540 86 12. Fargʻona viloyati 2 639 2 616 23 20 986 20929 57 13. Xorazm viloyati 876 870 6 6 973 6957 16 Jami: 28 844 28 390 453 228 256 227 123 1 133
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 312-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzdonmahsulot” AK tomonidan makkajoʻxorining 2018-yil hosili uchun talab etiladigan, respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan serhosil urugʻligini chetdan keltirish hajmlari va ularning hududlar kesimida
TAQSIMOTI
T/r Hududlar nomi Chetdan keltiriladigan urugʻlik hajmi, tonna 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 16 2. Andijon viloyati 52 3. Buxoro viloyati 8 4. Jizzax viloyati 73 5. Qashqadaryo viloyati 71 6. Navoiy viloyati 14 7. Namangan viloyati 30 8. Samarqand viloyati 65 9. Surxondaryo viloyati 85 10. Sirdaryo viloyati 191 11. Toshkent viloyati 50 12. Fargʻona viloyati 35 13. Xorazm viloyati 10 Jami: 700
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son qaroriga 3-ILOVA
2018-2019-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi tashkilotlarda granulalangan va ekstrudirlangan zamonaviy omuxta yem ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishning
PROGNOZ PARAMETRLARI
ming tonna T/r Hududlar nomi Jami quvvatlar shu jumladan: “Oʻzdonmahsulot” AK “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Jami shundan: Jami shundan: 2018-yil 2019-yil 2018-yil 2019-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 21,0 9,0 9,0 12,0 6,0 6,0 2. Andijon viloyati 50,0 30,0 30,0 20,0 10,0 10,0 3. Buxoro viloyati 15,0 9,0 9,0 6,0 6,0 4. Jizzax viloyati 21,0 9,0 9,0 12,0 12,0 5. Qashqadaryo viloyati 20,0 0,0 20,0 20,0 6. Navoiy viloyati 35,0 30,0 30,0 5,0 5,0 7. Namangan viloyati 15,0 0,0 15,0 5,0 10,0 8. Samarqand viloyati 54,0 54,0 9,0 45,0 0,0 9. Surxondaryo viloyati 51,0 36,0 36,0 15,0 15,0 10. Sirdaryo viloyati 19,0 9,0 9,0 10,0 10,0 11. Toshkent viloyati 17,0 0,0 17,0 17,0 12. Fargʻona viloyati 26,0 9,0 9,0 17,0 7,0 10,0 13. Xorazm viloyati 10,0 0,0 10,0 10,0 Jami: 354,0 195,0 84,0 111,0 159,0 49,0 110,0
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son qaroriga 4-ILOVA
2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarda boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Tashkil etiladigan boʻrdoqichilik subyektlari soni shu jumladan: 2018-yil 2019-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 23 15 8 2. Andijon viloyati 21 14 7 3. Buxoro viloyati 20 13 7 4. Jizzax viloyati 21 14 7 5. Qashqadaryo viloyati 21 14 7 6. Navoiy viloyati 15 10 5 7. Namangan viloyati 18 12 6 8. Samarqand viloyati 24 16 8 9. Surxondaryo viloyati 21 14 7 10. Sirdaryo viloyati 17 11 6 11. Toshkent viloyati 30 20 10 12. Fargʻona viloyati 29 19 10 13. Xorazm viloyati 20 13 7 Jami: 280 185 95
