“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 6-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2956-2-son)
03.05.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2956-2]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) 6-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-aprel,
3-mb-son
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 6-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qarorga ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi toʻgʻrisida hisobot (6-ilova)
