Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik vazifalarini bajarishga doir shartnomalar tuzish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (525-8-son)
26.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 525-8]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1997-yil 4-oktabrda 48V-son bilan tasdiqlangan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik vazifalarini bajarishga doir shartnomalar tuzish tartibiga (roʻyxat raqami 525, 1998-yil 9-noyabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-aprel,
48-V-8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 16-apreldagi 48-V-8-son qaroriga ILOVA
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik vazifalarini bajarishga doir shartnomalar tuzish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1.2-banddagi, 3.1-bandning birinchi xatboshisidagi va 5.6-banddagi “Monetar siyosat departamentiga” degan soʻzlar “Monetar operatsiyalar departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4.1-banddagi “Monetar siyosat departamentining” degan soʻzlar “Monetar operatsiyalar departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4.2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Monetar siyosat departamenti” degan soʻzlar “Monetar operatsiyalar departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5.4 va 5.5-bandlardagi “Monetar siyosat departamenti” degan soʻzlar “Monetar operatsiyalar departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 4-ilovaning 2-bandidagi “Monetar siyosat departamentining” degan soʻzlar “Monetar operatsiyalar departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 16-aprel
