Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (422-son)
25.10.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish va mustahkamlash, uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirish, qatnashchilar sonini kengaytirish hamda banklararo savdo sessiyalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmini koʻpaytirish maqsadida, shuningdek valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha bojxona toʻlovlari va hisoblarini hisoblab chiqarish tartibini maqbullashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining chet el valyutasiga talab va taklifdan kelib chiqqan holda vujudga kelgan birjadan tashqari valyuta bozorini 2001-yil 1-noyabrdan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida 2001-yil 1-iyulgacha jalb etilgan chet el valyutasidagi kreditlarga xizmat koʻrsatish;
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2001-yil 1-noyabrdan boshlab respublika hududida valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlar, shuningdek bojxona toʻlovlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining birjadan tashqari valyuta bozoridagi almashuv kursini, pul massasi va inflatsiya darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida, statistika hisobotida va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 25-oktabr,
422-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilayotgan hamda oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
I. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y., 6-son, 31-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y., 10-son, 69-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
