Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (30-son)
18.01.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika goʻsht va sut sanoati korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi asosida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish hamda raqobatli ish sharoitlari yaratish, sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va aholiga sotishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Quyidagilar “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat-aksionerlik uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
goʻsht va sut sanoati korxonalarining, chorvachilik sanoat komplekslarining, xoʻjaliklar va tashkilotlarning korxonalar va tashkilotlar moliya-iqtisodiy, xoʻjalik hamda ijtimoiy faoliyati masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
uyushma tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni kooperatsiyalashga hamda ularning kelishilgan investitsiya siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish,
qayta ishlash tarmogʻida yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlarni jamlash;
qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer xoʻjaliklari va xususiylashtirilgan fermalar bilan mol va sut yetkazib berish yuzasidan uzoq muddatli oʻzaro foydali kontraktlar tuzish;
xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb etish, korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga koʻmaklashish; maxsus isteʼmolchilarni (harbiy qismlar, davolash, taʼlim va bolalar muassasalarini) goʻsht va sut mahsulotlari bilan birinchi navbatda taʼminlash.
5. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
mol va sut sotib olish va keyinchalik qayta ishlash hamda sotish uchun jamoa aʼzolari va boshqa shaxslarning boʻsh mablagʻlari hisobiga vositachilik tayyorlov jamiyatlari tashkil etish;
shaharlarda va tuman markazlarida goʻsht hamda sut mahsulotlari sotish boʻyicha firma doʻkonlari va boshqa savdo tarmoqlarini koʻpaytirish.
6. Shaharlar aholisini goʻsht va sut mahsulotlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda goʻsht va sut yetishtiruvchilar bilan qayta ishlovchilar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan uzoq muddatli bitimlar (shartnomalar) tuzishni tashkil etishni taʼminlash, bunda chorvachilik xoʻjaliklarini va fermerlarni moddiy, texnikaviy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalda keng qoʻllanish yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga sanoat komplekslari va qayta ishlash korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 3 yil muddat bilan 200 mln. soʻm miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-apreldagi 172-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, 5-bandning ikkinchi xatboshi bundan mustasno.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I H Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-yanvar,
30-son
