Xorazm viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida (308-son)
26.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulki boʻlgan bekor yotgan obyektlardan samarali foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlarini qoʻllab‑quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Xorazm viloyati, Xiva tumani, “Zaungur” qishlogʻida joylashgan va “Xivanefgazqurilish” UK ning balansida boʻlgan bino inshootlar hamda ularga tutash hudud (keyingi oʻrinlarda — obyekt)ni “Oʻzbekneftgaz” AJning Davlat budjeti va maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga qoldiq balans qiymatida Xorazm viloyati hokimligi balansiga topshirish;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 443‑son “Korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora‑tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga 1‑ilovaning 169‑pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov hamda Xorazm viloyati hokimi v.b. F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
308-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 308 son qaroriga ILOVA
Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari bazasida tashkil etilayotgan qoʻshimcha kichik sanoat zonalari
ROʻYXATI
* Maydon hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aniqlanadi.
