50-modda. Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir koʻrsatadigan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan yangi hamda rekonstruksiya qilinayotgan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish oʻrmonlarni muhofaza qilishga, takroriy koʻpaytirishga doir tadbirlar taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek daraxt turlarini kesish zaruriyati qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda majburiy ravishda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilib, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
