41-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun ruxsatnoma qonunchilikda belgilangan tartibda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mavjud oʻsimliklar resurslarining tugab qolishiga hamda oʻrmon xoʻjaligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
