4-modda. Asosiy tushunchalar
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oʻrmon — oʻrmon fondi yerlaridagi oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega daraxtlar, butalar va boshqa tabiiy obyektlar (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) majmui;
oʻrmonlarni koʻpaytirish — oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlarida daraxtlar va butalarni ekish hamda yetishtirish;
oʻrmonlarni muhofaza qilish — oʻrmonlarga salbiy taʼsirlarning oldini olishga qaratilgan faoliyat;
oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish — daraxt va butalarning tabiiy muhitda oʻsishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon daraxtlari urugʻlari va koʻchatlarini plantatsiya usulida ekish;
oʻrmondan foydalanuvchilar — oʻrmondan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
oʻrmonlarni qayta tiklash — kesilgan, yongʻinlar, oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy taʼsirlar oqibatida shikast yetkazilgan daraxt va butalar oʻrnida iqlim sharoitlariga mos keladigan daraxt va butalar turlarini ekish.
