24-modda. Oʻrmonlarni yongʻinlardan, zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarni yongʻinlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish oʻrmondan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish va yongʻinga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, yongʻin chiqqanda uni oʻchirish choralarini koʻrish;
oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari oʻchoqlarini, sanoat va maishiy chiqindilarning hamda boshqa salbiy omillarning taʼsir doiralari rivojlanishini hisobga olish va prognoz qilish;
oʻrmon zararkunandalarining ommaviy koʻpayish va oʻrmon kasalliklarining tarqalish oʻchoqlari yuzaga kelishi hamda kengayishining oldini olish, oʻrmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish.
Oʻrmonlarni yongʻinlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
