10-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
davlat nazoratini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
