17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-474-son) · Sana: 12.04.2018 · Amalda
Jamoatchilik nazoratining natijalariga koʻra bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega boʻladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
Yakuniy hujjat davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, bundan qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan yakuniy hujjatlar mustasno boʻlib, bu haqda yakuniy hujjatni kiritgan jamoatchilik nazorati subyektiga oʻn kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
