13-modda. Jamoatchilik fikrini oʻrganish
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-474-son) · Sana: 12.04.2018 · Amalda
Jamoatchilik fikrini oʻrganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻgʻrisidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini taʼminlashga doir faoliyati toʻgʻrisidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yigʻish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir.
Jamoatchilik fikrini oʻrganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq oʻtkazishi mumkin.
