3-modda. Davlat mukofotlari
“Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-473-son) · Sana: 11.04.2018 · Amalda
Davlat mukofotlari fuqarolarni ularning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni saqlashga, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, sotsial, ilmiy, intellektual, maʼnaviy salohiyatini hamda mudofaa qudratini oshirishga qoʻshgan hissasi, davlat va xalq oldidagi faoliyatning ijtimoiy, xayriya, gumanitar sohalaridagi hamda boshqa sohalardagi xizmatlari uchun ragʻbatlantirishning oliy shaklidir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatlarning mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Davlat mukofotlari bilan ayrim hollarda fuqarolar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, harbiy boʻlinmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari mukofotlanishi mumkin.
