22-modda. Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
“Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-473-son) · Sana: 11.04.2018 · Amalda
Ordenni, medalni, faxriy unvonga doir koʻkrak nishonini qonunga zid ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, almashish yoki oʻzga tarzda haq evaziga berish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Tashqi koʻrinishi davlat mukofotlariga oʻxshash boʻlgan esdalik va koʻkrak nishonlarini, idoraviy yoki boshqa mukofotlarni taʼsis etish hamda tayyorlash taqiqlanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻygan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari, shuningdek egasi aniqlanmagan davlat mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga topshiriladi.
