10-modda. Yoʻl ishlarini pul bilan taʼminlash
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida bajariladigan ishlar (loyihalash, qurish, qaytadan qurish, taʼmirlash va saqlash) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan pul bilan taʼminlanadi.
Yoʻl jamgʻarmalarini vujudga keltirishning huquqiy negizlari hamda ulardan qay yoʻsinda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish (qaytadan qurish), taʼmirlash va saqlash ishlarini mazkur korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻ bilan taʼminlaydilar.
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining koʻchalarini loyihalash, qurish (qaytadan qurish), taʼmirlash va saqlash ishlari mahalliy budjetlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
