1-modda. Avtomobil yoʻllari tushunchasi va tarkibi
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Avtomobil yoʻli davlat standartlariga mos keladigan, meʼyoriy ogʻirlikka va oʻlchamga ega boʻlgan transport vositalarining xavf-xatarsiz va qulay harakatlanishi uchun moʻljallangan muhandislik inshootlari majmuidir.
Avtomobil yoʻllari tarkibiga yoʻl uchun ajratilgan mintaqada joylashgan sunʼiy muhandislik inshootlari, yoʻl xizmatining yaxlit texnologik majmuasiga kiruvchi yoʻl idoralari, yordamchi, qoʻshimcha va boshqa ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar kiradi.
Yoʻl uchun ajratilgan mintaqadagi havo boʻshligʻi va yer ostki qismi ham avtomobil yoʻli majmuiga kiradi.
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining koʻchalari ushbu Qonunning taʼsir doirasida boʻlgan avtomobil yoʻllari jumlasiga kirmaydi.
