“260-modda. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (125-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 55, 70-moddalarida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismida), 97, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir:
bosh direktor va uning oʻrinbosari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
tarmoq inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
mintaqaviy konchilik-texnik inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda”.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda; 1999-yil, 9-son, 229-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus boʻlinmasi tuziladi”;
2) 5-moddasining birinchi qismi:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish va ularni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish”;
