Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (499-son)
25.10.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat budjetiga tushumlarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasining:
2004-yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq ayrim turlarini bekor qilish;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-oktabr,
499-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning bekor qilinayotgan turlari
ROʻYXATI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida nizomning 9-bandidagi “50” va “20” raqamlari tegishli ravishda “60” va “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 6-bandida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning boʻsh foydasi qoldiqlari hisobiga korxonalar balans foydasining bir foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalari Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin”.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “42,5” raqami “45” raqami bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-martdagi 128-30-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-fevraldagi 54-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarorining 7-bandi chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 488-86-son qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
