Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2490-2-son)
11.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2490-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-son “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2018-yil 3-apreldagi 261-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 24-iyuldagi 01-268-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2490, 2013-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 405-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “3 — 15-sanalari” degan soʻzlar “5 — 20-sanalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-aprel,
01-102-son
Kelishilgan:
Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2018-yil 4-aprel
