Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-472-son) · Sana: 09.04.2018 · Amalda
Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda shartnomani bajarish boʻyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari boʻyicha gʻolib deb topiladi.
Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga maʼlum qiladi.
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash boʻyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3648300
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 58-modda. Tender tushunchasi Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-472-son). neolex.uz/uz/laws/law-3648311/58 (lex.uz/docs/-3648300)