2571-modda. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (621-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 56-modda, № 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi “225” raqamidan keyin “2291”, “2292” raqamlari bilan, “244” raqamidan keyin esa “2441” raqami bilan toʻldirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 27-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, bu chora: tuman (shahar) sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan — aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda”;
