“90-modda. Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (281-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning boshqa qoidalarini muntazam ravishda buzish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 166-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri toʻgʻrisida axborot boʻlmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3)178-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
