2681-modda. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (281-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga.
