“74-modda. Suvdan foydalanish qoidalarini buzish
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (421-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Tabiiy suv manbalaridan (daryo, soy, koʻl, buloq, yer osti suvlaridan) suv olish qoidalari va limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan tabiiy suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Irrigatsiya tarmoqlaridan suv olish qoidalarini buzish tarzida suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarini oʻzboshimchalik bilan bajarish, suvdan foydalanishning belgilangan limitlari va rejalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 261-moddasining birinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 63, 65, 68, 69, 70-moddalarida” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzish, yerlardan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotlarni berishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri axborot berish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “73, 74, 75-moddalarida, 76-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinayotgan suvlar hisobini yuritish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 2661 va 2662-moddalar bilan toʻldirilsin:
