2662-modda. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (421-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suv miqdorini hisobga olish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzishga oid qismi), 76-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar:
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar suv inspeksiyalarining boshliqlari, suv inspeksiyalarining katta inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
suv inspeksiyalarining tuman inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
4) 287-moddasining 5-bandida “60, 69, 76” raqamlari “60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda) 5-moddasining 6irinchi qismi “qishloq” degan soʻzdan keyin “va suv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda) 6-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari, 7-moddasining nomi, 9-moddasining 6irinchi qismi, 15-moddasining ikkinchi qismi, 16-moddasining toʻrtinchi qismi, 21-moddasining ikkinchi qismi, 22-moddasining uchinchi qismi “Qishloq” degan soʻzdan keyin “va suv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
