43-modda. Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-471-son) · Sana: 05.04.2018 · Amalda
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan budjetdan tashqari maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar boʻladi.
