17-modda. Davlat xavfsizlik xizmati hayʼati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-471-son) · Sana: 05.04.2018 · Amalda
Davlat xavfsizlik xizmatida Davlat xavfsizlik xizmati raisi, uning oʻrinbosarlari, markaziy devoni boʻlinmalarining va Davlat xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati hayʼati maslahat organi boʻlib, u davlat xavfsizligining taʼminlanish holatiga, qonun hujjatlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruqlari va koʻrsatmalarini ijro etishga, kadrlarni tanlashga, joy-joyiga qoʻyishga taalluqli masalalarni hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlarida Harbiy kengash tuziladi, uning tarkibi va faoliyatining tartibi Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadi.
