Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasini (Ostona, 2017-yil 9-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-469-son)
03.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 15-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasi (Ostona, 2017-yil 9-iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Konvensiyaning 6-moddasi 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konvensiyani bajarish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilangan”;
2) Konvensiya qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qoʻllash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-aprel,
OʻRQ-469-son
