Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (249-son)
30.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar roʻyxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga oʻtishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-mart,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 43-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritilgan shaxslar guruhi ushbu narxlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar”.
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Izoh: Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.
* Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi.
** Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi”.
