Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni) (252-son)
30.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-mart,
252-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
a) 22-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslarning suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha solidar javobgarligi”;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 108-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda, I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 2-maydagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 9-10-son, 72-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 66-modda) 1-ilovaning 4 va 5-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 53-bandi.
