Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-464-son)
02.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. 18-aprel Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-aprel,
OʻRQ-464-son
