29-modda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida (657-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor va boshqa shaxslar quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar:
1) tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, suv bilan taʼminlashning ochiq va yerosti manbalarini, aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalari hamda suv omborlarining qirgʻoqlarini kimyoviy, fizikaviy biologik va boshqacha tarzda ifloslantirganlik uchun;
2) sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlarini hisobga olmagan holda aholining salomatligini muhofaza qilishni, sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqqanlik uchun;
3) yangi xomashyo turlarini, texnologiya uskunalarini, jarayonlari va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, binokorlik materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar va mahsulotlarni, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq isteʼmoli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish va qoʻllanishga doir normativ-texnika hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishmagan holda ishlab chiqqanlik uchun;
4) binolar va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalariga, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etmagan holda va davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib loyihalaganlik, qurganlik, qayta qurganlik uchun;
5) yer uchastkasidan davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib yangi qurilish, obyektlarni qayta qurish, kengaytirish uchun foydalanganlik uchun;
7) oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaganlik, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena normativlaridan yuqori boʻlgan mahsulotlarni ovqatga ishlatganlik uchun;
