2-modda. Sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlashning asosiy prinsiplari
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida (657-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni sogʻlomlashtirish, ovqatlanishni, mehnat, turmush, dam olish, taʼlim-tarbiya berish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar majmuini amalga oshirish asosida odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash huquqlarini kafolatlash;
xalq xoʻjalik obyektlari, texnologiya uskunalarini va asboblarini, transport vositalarini rivojlantirish, joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushurish chogʻida atrof muhit omillari aholi salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olishga qaratilgan faoliyatining ustivorligini taʼminlash;
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida amalga oshirish;
mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya normalariga, gigiyena normativlariga rioya qilmaslik hamda sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirmaslik natijasida aholining salomatligiga va atrof muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
sanitariya normalari, qoidalariga rioya etilishi va sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish.
