11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qoʻllanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, koʻmib tashlashga qoʻyiladigan talablar
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida (657-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qoʻllanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va koʻmib tashlash chogʻida sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qoʻllanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
