Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (PQ-3633-son)
29.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PK-2718-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3633-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3633-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartirish
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi Ishchi guruh tarkibi
S.X. Bekenov — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari lavozimi boʻyicha — iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G.V. Oʻrmonova — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasinin� Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish moliya va bank tizimlarini isloh qilish xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari Yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri A.E. Ravshanov — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri K.S. Rizayev — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash jismoniy tarbiya va sport masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri A.K. Mirsoatov — Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.B. Voitov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi v.b. K.K. Mullajonov — “Asaka” ATB boshqaruvi raisi A.R. Abdullayev — Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimi boʻyicha — “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisi T.A. Jalilov — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi lavozimi boʻyicha — Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari. ishchi guruh rahbari
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar ushbu guruh tarkibiga kiritiladi”.
