“Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3630-son)
29.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish prefernsiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;
qurilish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha belgilangan parametrlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar — buyurtmachilarning takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga kelishilgan holda aniqlik kiritish.
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Respublika komissiyasi (Ramatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqib, oʻn kun muddatda mahalliy hokimliklar va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli roʻyxatlarni tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish dasturi parametrlarini shakllantirishda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zaruriy markazlashgan kapital qoʻyilmalar limiti koʻzda tutsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha obyektlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyihaoldi hujjatini) oʻn besh kun muddatda tayyorlab, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy hisobotlari (loyihaoldi hujjatlari) asosida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklari bir oy muddatda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan har bir tuman (shahar) va qishloq boʻyicha maxsus shtablarni shakllantirib, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, har bir obyekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud boʻlgan xoʻjalik birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib berish uchun joylarda savdo shoxobchalari — korxonalarning firma doʻkonlari va filiallarini kompleks tarzda tashkil etsinlar.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning natijalariga koʻra:
mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma obyektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini oʻrgansinlar hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini;
texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tuman hokimliklarining yer zaxira fondlariga olinishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha boʻlgan yoʻllarni, qishloqlarning markaziy koʻchalarini va asfalt bilan qoplangan yoʻllarni taʼmirlash, qishloqlarning asfalt qoplamasiz ichki yoʻllarini qum-shagʻal qorishma yotqizish va piyodalar yoʻlaklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari asosida amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, podyezd, zina maydonlari, tom, yertoʻla, trotuar, bolalar maydonchalari) taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish boʻyicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish hamda atrof-hududini obodonlashtirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilishi taʼminlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy “Toza hudud” DUKlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yigʻish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yigʻish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlari tashkil qilsin hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zaruriy transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan taʼminlash yuzasidan choralar koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini taʼminlasin.
Bunda, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, boʻsh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish va taʼmirlash, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3630-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan
MAQSADLI PARAMETRLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
mln.soʻm T/r Hududlar nomi Uy-joylarni taʼmirlash va obodonlashtirish Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash Tozalov inshootlari (oqova suv xandaqlari) Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash Gaz taʼminotini yaxshilash Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish (taʼmirlash) Bozor infratuzilma obyektlari qurish (taʼmirlash) Aholiga transport xizmat koʻrsatish hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish soni taxminiy qiymati km taxminiy qiymati dona taxminiy qiymati km taxminiy qiymati gaz baloni, dona tarmoq, km taxminiy qiymati km taxminiy qiymati dona taxminiy qiymati dona taxminiy qiymati avtobuslar xarid qilish (dona) bekatlarni tashkil etish (dona) taxminiy qiymati JAMI 127,143 951,825,2 1,535 234,192 17,072 94,017 1,847 121,598 44,868 263 35,519 2,083 548,165 736 695,275 2,756 398,701 571 252 159,581 ##### 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 13,394 100,271 111 13,431 955 3,763 204 8,407 4,584 49 1,035 111 22,112 66 35,155 172 27,072 40 23 12,740 2. Andijon viloyati 9,292 69,562 114 28,936 779 2,849 82 5,723 4,501 8 338 187 51,040 37 15,385 202 25,069 77 19 19,712 3. Buxoro viloyati 8,564 64,112 100 21,873 438 1,534 95 6,064 1,568 21 1,682 62 9,020 43 33,930 325 38,893 81 17 21,046 4. Jizzax viloyati 7,709 57,711 124 17,771 472 5,534 260 25,513 1,385 6 3,485 140 58,904 64 43,755 348 22,121 23 18 6,188 5. Qashqadaryo viloyati 14,059 105,249 199 35,200 93 10,955 202 9,432 2,057 0 1,533 111 21,367 46 50,300 148 5,354 51 21 13,556 6. Navoiy viloyati 5,408 40,486 101 20,466 48 96 137 2,873 470 60 374 158 50,541 42 58,666 58 37,370 16 15 4,196 7. Namangan viloyati 9,501 71,127 85 18,086 625 4,520 82 5,744 3,552 0 3,171 107 22,667 46 25,717 397 34,740 83 18 21,748 8. Samarqand viloyati 9,855 73,777 93 10,028 2,391 5,978 146 6,441 4,500 17 1,497 162 75,689 49 106,976 173 39,250 81 24 21,436 9. Sirdaryo viloyati 6,523 48,833 85 8,928 8,803 1,084 69 6,649 7,946 9 1,439 187 24,695 33 79,136 144 16,377 27 19 8,612 10. Surxondaryo viloyati 9,389 70,288 154 20,798 10 4,735 200 18,382 3,732 6 1,256 154 34,595 57 76,352 128 30,031 6 16 5,286 11. Toshkent viloyati 14,243 106,626 99 11,613 515 4,659 135 11,115 1,874 18 6,125 225 55,664 38 26,105 108 12,860 25 18 8,175 12. Fargʻona viloyati 10,768 80,615 78 9,841 1,845 6,140 74 5,759 4,440 0 3,881 108 7,076 92 42,003 268 45,271 40 23 10,810 13. Xorazm viloyati 6,965 52,142 115 15,198 19 29,580 56 5,422 4,259 26 9,541 175 65,135 56 29,766 184 24,894 21 21 6,076 14. Toshkent shahri 1,473 11,027 80 2,024 78 12,590 108 4,075 0 43 163 196 49,661 67 72,030 101 39,399 0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 3-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy
KOʻRSATKICHLARI
mln.soʻm T/r Hududlar nomi Jami yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Shu jumladan, manbalar kesimida Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan Markazlashgan mablagʻlar hisobidan Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablagʻlari shundan Tarmoq korxonalarining mablagʻlari shundan “Mahalla” jamgʻarmasi va boshqa jamgʻarma tashkilotlari hisobidan Bozor infratuzilmasi obyektlari uchun tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, homiylik, hashar va tijorat banklari kredit mablagʻlari Ichki va xoʻjaliklararo yoʻllarni taʼmirlash Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish (taʼmirlash) Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash Oʻzbekenergo mablagʻlari *, XMI mablagʻlari ** hisobidan Oʻztransgaz AJ mablagʻlari JAMI 3,040,785 870,387 549,917 779,424 326,821 302,690 149,093 147,944 123,404 24,184 94,182 598,932 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 122,614 36,508 25,736 36,476 13,639 5,000 17,317 9,437 8,407 1,035 1,885 12,572 2. Andijon viloyati 204,035 63,503 41,312 58,553 22,197 7,420 28,936 6,061 5,723 338 9,538 25,069 3. Buxoro viloyati 143,236 30,438 21,466 30,425 2,480 18,220 9,725 6,679 6,064 615 26,834 27,394 4. Jizzax viloyati 340,358 53,574 37,669 53,390 29,452 15,053 8,885 28,624 25,513 3,112 9,837 157,264 5. Qashqadaryo viloyati 222,965 63,003 42,293 59,944 23,584 25,344 11,016 13,062 11,473 1,589 0 44,663 6. Navoiy viloyati 242,327 72,691 45,720 64,801 24,209 31,320 8,973 3,537 2,828 199 0 55,578 7. Namangan viloyati 127,429 32,384 22,072 31,284 11,334 10,907 9,043 8,915 5,744 3,171 11,055 21,720 8. Samarqand viloyati 322,051 94,235 65,656 93,057 37,844 50,199 5,014 7,938 6,441 1,497 411 60,754 9. Sirdaryo viloyati 101,792 32,322 18,402 26,082 9,466 9,926 6,690 8,088 6,649 1,439 2,670 14,228 10. Surxondaryo viloyati 252,188 62,648 49,617 70,325 34,595 35,730 0 19,297 18,192 1,256 2,361 47,939 11. Toshkent viloyati 166,196 77,330 24,154 34,234 28,354 0 5,880 14,797 11,115 3,682 0 15,681 12. Fargʻona viloyati 143,769 45,082 10,870 15,406 2,255 5,349 7,803 7,803 5,759 2,044 0 64,608 13. Xorazm viloyati 208,597 69,142 48,783 69,142 37,752 16,193 15,198 9,468 5,422 4,046 0 12,062 14. Toshkent shahri 443,228 137,528 96,168 136,304 49,661 72,030 14,614 4,238 4,075 163 29,591 39,399
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2661-son qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan
** XMI tomonidan past kuchlanishli tarmoqlar va transformator modernizatsiyasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 4-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi Metall prokati (tonna) Sement (tonna) Shagʻal (m.kub) Qum karyeri (m.kub) Eshik (dona) Deraza va oyna (dona) Lok-boʻyoq mahsulotlari (tonna) Gips karton m.kv.) Gʻisht (ming dona) Yogʻoch materiallar (m.kub) Shifer (ming dona) Temir-beton mahsulotlari (dona) JAMI 8,461 105,981 888,145 387,454 54,387 89,075 11,054 399,531 79,541 57,249 68,848 654,382 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 156 2,387 24,676 18,983 1,328 1,808 822 21,719 3,480 1,734 55 2,866 2. Andijon viloyati 328 2,878 14,056 12,524 1,523 1,809 1,766 10,021 5,271 975 82 2,483 3. Buxoro viloyati 448 1,852 15,463 6,038 1,229 1,873 28 13,760 3,625 1,140 3,303 1,040 4. Jizzax viloyati 47 1,044 186,500 16,108 1,440 4,956 28 10,474 1,108 487 124 2,409 5. Qashqadaryo viloyati 265 8,070 6,825 5,971 2,754 4,234 823 6,786 1,474 288 16,248 6. Navoiy viloyati 584 41,533 68,918 89,517 31,580 42,924 332 2,176 18,170 11,743 52,020 12,208 7. Namangan viloyati 172 1,239 19,278 1,499 621 931 63 29,607 3,467 1,125 32 1,110 8. Samarqand viloyati 218 2,078 68,286 83,049 907 8,834 13 26,403 3,925 1,185 54 3,259 9. Sirdaryo viloyati 3,008 17,440 321,056 17,480 1,288 1,992 125 5,120 6,288 3,280 111 4,752 10. Surxondaryo viloyati 1,604 10,761 61,616 83,309 6,931 10,483 267 103,622 21,109 9,695 7,166 581,870 11. Toshkent viloyati 788 4,964 5,677 7,855 2,090 2,690 197 11,783 232 1,491 46 12. Fargʻona viloyati 149 904 65,700 7,371 905 1,659 5,489 20,159 1,033 2,065 414 8,435 13. Xorazm viloyati 643 10,587 28,740 36,820 1,181 1,765 567 18,310 4,131 2,639 2,702 1,664 14. Toshkent shahri 52 245 1,355 930 610 3,117 534 126,377 916 18,216 2,450 16,039
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taʼminlash maqsadida, asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini roʻyxati ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab, aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni tashkil etish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy
TARKIBI
1. Lavozimiga koʻra — Tuman sektori rahbari, shtab boshligʻi 2. Lavozimiga koʻra — Viloyat hokimligidan biriktirilgan vakil, shtab boshligʻining oʻrinbosari 3. Lavozimiga koʻra — Mahalla fuqarolar yigʻini raisi, shtab boshligʻining oʻrinbosari 4. Lavozimiga koʻra — Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi (vakili) 5. Lavozimiga koʻra — Tuman moliya boʻlimi mudiri (vakili) 6. Lavozimiga koʻra — Tuman davlat soliq inspeksiyasi masʼul xodimi (vakili) 7. Lavozimiga koʻra — Tuman investitsiya boʻlimi boshligʻi (vakili) 8. Lavozimiga koʻra — Markaziy bank viloyat boshqarmasi vakili 9. Lavozimiga koʻra — Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili 10. Lavozimiga koʻra — Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi boshligʻi 11. Lavozimiga koʻra — Tuman mehnat boʻlimi boshligʻi 12. Lavozimiga koʻra — Tuman ekologiya boʻlimi boshligʻi (vakili) 13. Lavozimiga koʻra — Viloyat savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi 14. Lavozimiga koʻra — Tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari (vakili) 15. Lavozimiga koʻra — Tuman gaz korxonasi rahbari (vakili) 16. Lavozimiga koʻra — Tuman suvoqova korxonasi boshligʻi (vakili) 17. Lavozimiga koʻra — Tuman yer resurslari va kadastri boʻlimi boshligʻi 18. Lavozimiga koʻra — Tuman bosh arxitektori 19. Lavozimiga koʻra — Masʼul loyiha tashkiloti rahbari 20. Lavozimiga koʻra — Tuman yoʻl qurilish tashkiloti rahbari 21. Lavozimiga koʻra — Tuman yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi (vakili) 22. Lavozimiga koʻra — Tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri (vakili) 23. Lavozimiga koʻra — Viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi vakili 24. Lavozimiga koʻra — Tuman dehqon bozori direktori (vakili) 25. Lavozimiga koʻra — Viloyat madaniyat boshqarmasi vakili 26. Lavozimiga koʻra — Tijorat banklaring tuman (shahar) filiallari rahbarlari 26. Lavozimiga koʻra — Dastur asosida biriktirilgan masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 6-ILOVA
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
1. A.Ramatov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi 2. T.Xudaybergenov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Komissiya raisi oʻrinbosari 3. D.Kuchkarov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari 4. S.Xolmurodov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari 5. B.Xoʻjayev — Iqtisodiyot vaziri 6. M.Saliyev — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri 7. A.Axmedxadjayev — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri 8. Sh.Xamrayev — Suv xoʻjaligi vaziri 9. B.Zakirov — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi 10. A.Abdullayev — “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi 11. A.Abduvaliyev — Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi 12. B.Qoʻchqorov — Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi 13. A.Xaydarov — Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari 14. S.Bekenov — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 15. U.Mustafoyev — “Oʻzbekenergo” AJ raisi 16. A.Mustafoyev — “Oʻztransgaz” AJ raisi 17. B.Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi 18. Sh.Javlonov — “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi 19. I.Axmedov — “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ bosh direktori 20. J.Mirzamaxmudov — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri 21. I.Maxkamov — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri 22. M.Jumaniyazov — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri, Respublika komissiyasi kotibi 23. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini jalb qilish huquqiga ega.
