Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (456-son)
30.09.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yil 29-avgustda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlati Hukumati oʻrtasidagi tranzit va transport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-sentabr,
456-son
