Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida (435-son)
16.03.2018
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-y., 17-son, 131-modda) hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan, qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
“Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar, ijara haqi miqdorlari va “Oʼrikzor savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1.1 va 1.2-ilovalarga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarini ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan toʻlov miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (M. Pardayev), Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi (M. Toxirov), “Toshbozorsavdo” uyushmasi (S. Nematullayev) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, toʻlovlar, ijara haqi toʻlovlari va koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-apreldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 453-sonli qarori (3-bandidan tashqari) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asomov), mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari belgilangan bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymatini bozorlar va savdo komplekslariga kiriladigan barcha joylarga osib qoʻyilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-mart,
435-son
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari
T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k. 1 oʻrin/kunga 7200 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h. k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 16000 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h. k. 1 oʻrin/kunga 14300 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring va h. k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 5000 Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring 1 oʻrin/kunga 9400 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 13800 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h. k. 1 oʻrin/kunga 9400 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h. k. 1 oʻrin/kunga 9400 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h. k. 1 oʻrin/kunga 7700 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h. k. 1 oʻrin/kunga 9400 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h. k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 11600 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 5000 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 9400 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 23100 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h. k) 1 oʻrin/kunga 5000 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 13200 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 16500 Salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 33000 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 14900 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar 1 oʻrin/kunga 7200 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 5000 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 12100 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 12700 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h. k. 1 oʻrin/kunga 16500 Tayyor pishgan goʻshtli mahsulotlar: (qazi, til, yangilik, ruletlar, kolbasalar va x.k.) 1 oʻrin/kunga 22000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 22600 yuk avtomashinalaridan 1 mashina 30800 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 38500 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 24800 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h. k. 1 mashina 14900 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 22000 6 dan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 33000 15 dan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 44000 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h. k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 16500 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: 6.1 Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 8800 6.2 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 6600 6.3 Noyob hamda qadimiy (antikvariat deb hisoblangan) chinni va billur (xrustal) buyumlarni sotish 1 oʻrin/kunga 13800 7. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 7.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 20400 boʻtaloq, eshak 1 bosh 16500 7.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 20400 buzoq 1 bosh 13200 7.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h. k.) 1 bosh 13200 qoʻzi, uloq 1 bosh 7700 7.4. Choʻchqalar, choʻchqa bolalari 1 bosh 13200 8. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1900 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1900 9. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 14300 10. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 19300 11. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 14300 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 14300 13. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 6600
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 1.1-ILOVA
“Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Avtotransport vositalarini sotish uchun sotuv hududlaridan haftaning juma kuni 17.00 dan yakshanba kuni 17.00 gacha foydalanganligi uchun har bir avtomobildan undiriladigan toʻlov (sutka): 1.1. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun usti yopiq sotish joylaridan 1 dona 30800 1.2. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun usti ochiq sotish joylaridan 1 dona 27500 1.3. yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalaridan 1 dona 35200 1.4. mototsikl, motoreller va mopedlardan 1 dona 5500 1.5. Velosipedlardan 1 dona 3300 2. Haftaning yakshanba kuni 17.00 dan, juma kuni 17.00 gacha sotuv hududlaridan foydalanganligi uchun bir avtomobildan undiriladigan toʻlov (1 kunga): 2.1. yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun 1 dona 4400 2.2. yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari uchun 1 dona 10000 2.3. Bozor xududida joylashgan avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimiga xujjatlarni rasmiylashtirishga kirish uchun 1 dona 4400 3. Turgʻun savdo shoxobchalari oldiga avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari hamda avtoshinalarni chiqarib doʻkon tashqarisidagi bozor hududidan foydalanganlik (1,2x2 m. xajmdagi joy) uchun 1oʻrin/kunga 9000 3.1. Isteʼmolda boʻlgan ehtiyot qismlar va avtoshinalar bilan hududning belgilangan joylarda sotish (1,2x5 m. xajmdagi joy) uchun 1oʻrin/kunga 9000 3.2. Transport vositalarini hududni belgilangan joyida kesish va ehtiyot qismlarga boʻlish uchun bir martalik toʻlov. 1 dona 17000 4. Bozor balansidagi bino, inshoot va qurilmalardan foydalanganligi uchun ijara toʻlovi (1 oyga) 4.1. Turgʻun savdo doʻkonlari uchun 1kv.metr uchun 36300 4.2. Savdo doʻkonlari qatorlarining oʻrta qismidagi burchagida (torets) joylashgan turgʻun savdo doʻkonlari uchun 1kv.metr uchun 52800 4.3. Ustaxona (tokar stanoklari, avtomobil gʻildiraklarini taʼmirlash) sifatida foydalanilayotgan xonalar uchun 1kv.metr uchun 22000 4.4. Bank kassa shoxobchalari uchun 1kv.metr uchun 38500 4.5. Davlat notariusi uchun 1kv.metr uchun 22000 4.6. Ofislar uchun 1kv.metr uchun 38500 4.7. Maishiy xizmat koʻrsatish xonalari 1kv.metr uchun 16500 4.8. Dorixona va tibbiy xizmat koʻrsatish xonalari uchun 1kv.metr uchun 22000 4.9. Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari 1kv.metr uchun 30000 4.10. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun 1kv.metr uchun 38500 4.11. “Paynet” xonalari uchun 1kv.metr uchun 88000 4.12. Ombor sifatida ijaraga beriladigan konteynyerlar uchun 1kv.metr u�un 20000 4.13. Muzqaymoqlar savdosi uchun (1 x 2 m. xajmdagi joy) 1oʻrin/kunga 12000 4.14. Donali taomlar (xot-dog, gamburger, perojki, somsa va x.k.) tayyorlab sotish uchun (1 x 2 m. xajmdagi joy) 1oʻrin/kunga 17000
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 1.2-ILOVA
“Oʼrikzor savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. MChJ hududlarida joylashgan bino, inshoot va qurilmalardan foydalanganligi uchun ijara toʻlovi (1 kv. metr uchun bir oylik) 1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari uchun 82500 1.2. Nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari uchun 66000 1.3. 2-qavat va boshqa shoxobchalarda joylashgan savdo doʻkonlari uchun 44000 2. Omborxonalardan foydalanganlik uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) asosiy bozor, yer toʻla va 2-qavatda 66000 shoxobchalarda 33000 3. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 55000 Donali taomlar (xot-dog, gamburger, pirojki, somsa, muzqaymoq, salqin ichimliklar va x.k.) tayyorlab sotish uchun 15 kv.m.gacha (1 kv.m.ga oylik toʻlov) 165000 4. Bank-kassa xizmatlari uchun binolarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 60000 5. Maishiy va xizmat koʻrsatish tarmoqlarini ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 5.1. Sartaroshxona, paynet va aloqa xizmati 60000 5.2. Poliklinika 22000 6. Boshqa turdagi mavsumiy joylar uchun (“asal yarmarkasi”, maktab bozori va x.k.) (1 kv.m.ga oylik toʻlov) 35000 7. Reklama uskunalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 33000 8. Turgʻun savdo shoxobchalari atrofidan koʻrgazma stendlar sifatida foydalanganlik uchun (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlov) 165000
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining miqdorlari
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. Inventarlarni ijaraga berish: 1.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 2800 1.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg. gacha 1 kunga 12700 150 kg. dan 1500 kg. gacha 1 kunga 18700 1.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun toʻplam uchun, toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 2800 1.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1100 1.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 2800 1.6. Aravachalar uchun 1 kunga 18700 1.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 m2) 1 kunga 5000 1.8. Reklama uskunalaridan foydalanganlik uchun (1 m2) 1 kunga 1100 1.9. Turgʻun savdo shoxobchalarining atrofidan koʻrgazma stendlar sifatida foydalanganlik uchun (1 m2) 1 kunga 1100 2. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 2.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 7200 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h. k. uchun) 1 kunga 5000 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 2800 2.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50 x 50 x 100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 3900 2.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 2800 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 2800 2.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 24800 yuksiz 1-marta oʻlchash 19300 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 18700 yuksiz 1-marta oʻlchash 12700 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 10500 yuksiz 1-marta oʻlchash 6100 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 12700 yuksiz 1-marta oʻlchash 9900 2.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 12700 2.6. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 20 minutgacha 1000 40 minutgacha 2000 1 soatgacha 3000 2 soatgacha 4000 3 soatgacha 5000 4 soatgacha 6000 4 soat va undan ortiq vaqt uchun 7000 yuk avtomobillari uchun 20 minutgacha 2000 40 minutgacha 3000 1 soatgacha 4000 2 soatgacha 5000 3 soatgacha 6000 4 soatgacha 7000 4 soat va undan ortiq vaqt uchun 8000 2.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 700 2.8. Telefondan foydalanish 1-marta 900 2.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 2200 3 Bozorlar va savdo komplekslari hududiga kiruvchi avtotransport vositalaridan undiriladigan toʻlovlar: 1.Transport vositalarining yuk ortish va tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirishi (qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tushirish uchun kirgan avtotransport vositalari bundan mustasno) yengil avtomobillar uchun 1-marta kirish 6600 yuk avtomobillari uchun 1-marta kirish 18700 2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozorlariga yuk ortish uchun kirish: yuk avtomobillariga 1-marta kirish 15400 yengil avtomobillarga 1-marta kirish 7700
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 3-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari miqdorlari (1 kv.m. uchun bir oylik ming soʻm hisobida)
T/r Bozorlar va savdo komplekslari nomi Oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun Umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun Maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari uchun Boshqa turdagilar uchun (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.) 1. Aviasozlar dehqon bozori 36,3 42,9 42,9 19,8 19,8 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 2. Askiya dehqon bozori 36,3 42,9 42,9 14,3 17,6 3. Beshyogʻoch dehqon bozori 36,3 42,9 42,9 14,3 20,9 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 4. Mirobod dehqon bozori 46,2 55,0 55,0 27,5 37,4 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan hamda asosiy bozordagi 100 ta doʻkon 41,8 38,5 38,5 19,8 25,3 5. Navroʻz dehqon bozori 34,1 38,5 42,9 17,6 28,6 6. Oloy dehqon bozori 36,3 70,4 42,9 28,6 23,1 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 “Anglesey food” Sh/K 20,0 20,0 20,0 20,0 20,0 7. Sirgʻali dehqon bozori 34,1 38,5 42,9 14,3 20,9 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 8. Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori 42,9 42,9 38,5 17,6 25,3 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 9. Farhod dehqon bozori 36,3 42,9 42,9 20,9 20,9 10. Eskijoʻva dehqon bozori 42,9 42,9 42,9 28,6 31,9 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 11. Yunusobod dehqon bozori 49,5 49,5 42,9 28,6 30,8 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 12. Qoraqamish dehqon bozori 34,1 38,5 42,9 14,3 15,4 13. Qoʻyliq dehqon bozori 56,1 56,1 56,1 36,3 36,3 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 14. Chilonzor buyum savdo kompleksi 46,2 46,2 46,2 36,3 30,8 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 15. Chorsu buyum savdo kompleksi 42,9 42,9 42,9 28,6 23,1 16. Parkent universal savdo kompleksi 42,9 42,9 42,9 20,9 20,9 Binolarning 2-qavatida va yertoʻla qismida joylashgan 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4 17. Yangiobod ixtisoslashgan bozori 35,2 37,4 41,8 16,5 34,1 18. Bek toʻpi savdo kompleksi 33,0 37,4 37,4 14,3 15,4
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-martdagi 435-sonli qaroriga 4-ILOVA
Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* miqdori
Bozorlar va savdo komplekslari nomi Oʻlchov birligi (oylik toʻlov) Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) 1. “Aviasozlar dehqon bozori” 2. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” 3. “Chorsu buyum savdo kompleksi” 4. “Parkent universal savdo kompleksi” 5. “Isteʼmolda boʼlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” 1 kv.metr uchun 9650 Qolgan barcha bozorlar va savdo komplekslari 1 kv.metr uchun 4800
Izoh:
* Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi. Bunda maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish xizmatlari uchun bino va inshottlar mulkdorlari tomonidan mazkur turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlarga qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
